просмотров
Ilk sharikli ruchkalar uchuvchilar uchun yaratilgan.
Olimlarning aytishiga qaraganda yolg’izlik odamni hudbinga aylantirar ekan.
Dunyodagi eng og’ir piyoz 2011-yilda Angliyada, Pit Gleyzburk tomonidan yetishtirilgan. Uning vazni 8 kg 150 grammga teng.
Ko’zoynaklar ko’zlarni quyoshdan himoya qilish uchun yaratilgan deb o’ylaysizmi? Biroq unday emas. Xitoyliklar ilk ko’zoynaklarni sudyalar uchun yaratganlar. Qora linzalar sud jarayoni, undagi tortishuvlar chog'ida hakamning emotsiyalarini berkitish uchun mo’ljallangan edi.
Ideal tozalik allergiya rivojlanish ehtimolini yaratadi.
Bo’ri o’zidan kuchli bo’lgan raqibga qarshi jangga kiradigan yagona jonzotdir.
“Lamborghini” kompaniyasi dastlab traktorlarni ishlab chiqargan.
Kizay - dunyodagi yagona jigarrang panda. Uning og’irligi 100 kgga yaqin. U kuniga o’rtacha 20 kg bambuk iste’mol qiladi.
Bolalar kuniga o'rtacha 400 marta, kattalar kuniga 15 marta kulishadi.
Sevgisi rad etilgan oshiqlarning 40%i klinik depressiyaga tushadilar.
Har besh kishining ikkitasi o’zining birinchi muhabbati bilan turmush quradi.
Hojatxonadan chiqqandan keyin ayollarning 90%i, erkaklarning esa 75 %i qo’llarini yuvishadi. Qolganlar esa…
Har 5 yilda ayol o’zining bo'yiga teng keladigan miqdorda lab bo'yog'ini ishlatadi.
O’rta hisobda eng bo’yi past odamlar yaponiyaliklarga to’gri keladi.
Inglizlar choyni boshqa har qanday mamlakat aholisiga qaraganda ko'proq ichishadi. Masalan, amerikaliklarga nisbatan yigirma baravar ko'proq iste’mol qilishadi.
Rossiyani Yevropa va Osiyo qismlariga ajratadigan Ural tog'lari dunyodagi eng qadimgi tog’lar hisoblanadi.
Inson o’rtacha 7 soniyada uyquga ketadi.
Siz o'z tug'ilgan kuningizni dunyodagi deyarli 20 million odam bilan baham ko'rasiz.
O'rtacha olib aytganda ayollarda IQ erkaklarga qaraganda yuqori.
Uy bekasi uy sharoitida kuniga o'rtacha 11 kilometr yuradi.
Dunyo aholisining chorak qismi Xitoyda istiqomat qiladi.
Ko'k ko'zli odamlar zulmatda yaxshiroq ko'rishadi.
O'rtacha, kishi ovqatlanish uchun taxminan besh yil sarflaydi.
Dunyodagi eng keng tarqalgan ism bu Muhammad.
Keniyada aholining yarmidan ko'pi 15 yoshgacha bo’lganlarni tashkil etadi.
O'g'il bolalar kun davomida, qizlarning ko'pi tunda tug'iladi.
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq va balandroq kulishadi.
Erkaklar ayollarga qaraganda 40% ko'proq ter ishlab chiqaradilar.
Har qanday vaqtda, Yerdagi odamlarning 0,7%i sarxush bo’ladi.
Kishi kun mobaynida o'rtacha 18000 ta qadam bosadi.
100 yoshdan oshgan insonlarning 80%ni ayollar tashkil qiladi.
Egizaklarning barmoq izlari har hil bo’ladi.
Amerikaliklarning qirq foizi tish shifokoriga hech qachon murojat etishmagan.
Eskimoslar hech qachon xavfli deb hisoblagan narsani qilmaydilar.
Yerda har uch soniyada bola dunyoga keladi.
Bahorda, bolalar yilning boshqa vaqtlariga qaraganda tezroq o'sadilar.
Ko'krak suti bilan boqiladigan bolalar sun'iy oziqlantirishda o'sgan bolalarga qaraganda ozg’inroq bo’lib o'sadi.
Moskva - milliarderlar soni bo'yicha dunyodagi yetakchi shahar, shuning uchun u dunyodagi eng qimmat shahar maqomiga ega.
Amerikaliklar bolalar ovqatiga qaraganda mushuklarning ovqatiga ko'proq pul sarflashadi.
Charlz Osborn ismli bir kishi oltmish to'qqiz yil davomida tinmay hiqichoq tutgan holda yurgan.
Og'ir jismoniy mehnat bilan shug'ullanadigan katta yoshli odam kuniga 4 litr ter chiqaradi.
Ayollarning 90%i univermagga kirishi bilan o’ngga yurishadi.
Har oyda dunyoda 2500 onalar yangi tug'ilgan chaqaloqlarini tashlab ketishadi.
AQShda eng xavfli kasb - bu Alyaskada qisqichbaqalar tutishdir.
Ayollarning yigirma to'qqiz foizi umr yo'ldosh tanlashdan ko'ra poyabzal tanlashga ko'proq vaqt sarflashadi.
Mona Lizaning qoshlari yo'q. Florensiyadagi Uyg'onish davrida modaistlar qoshlarini qirib tashlashgan.
Uyni tezroq va qimmatroq sotish uchun uni sariq rangda bo'yash kifoya.
O'yinchoq yo-yo 16-asrda Filippinda qurol sifatida paydo bo'lgan.
Shvetsariyada maktab o'qituvchisining ish haqi yiliga 33000 AQSh dollaridan boshlanadi.
Har kuni erkaklarning 70% va ayollarning 57% dush qabul qilishadi.
Сообщения из Facebook