Hasadgo’ylikdan qanday qutulish mumkin?
Hasadgo’ylikdan qanday qutulish mumkin?
Hasad – fe’l-atvorning o’ta yomon xususiyatlaridan biri, hasad bu nuqson, hasad baht ulashmaydi... Hammamiz shu kabi gaplarni ko’p eshitganmiz va ularni inkor qilib bo’lmaydi! Ammo hasad bilan kurashish juda murakkab jarayon. O’zimizni hasadgo’ylik uchun qanchalar koyisak, undan qutulishga harakat qilsak-da u shunchalar kuchayib boraveradi.

Gohida hamma narsaga qo’l siltab o’z kuchsizligingni tan olging keladi kishi. Kimdir sendan muvaffaqiyatliroqligi tufayli “adolat” uchun jazo olishi kerakdek tuyulaveradi. Biroq, shoshmang! Balki hasad bilan kurashishning hatto hayolingizga ham kelmagan yanada yaxshiroq usuli bordir, axir?... 

Shu o’rinda hasad to’g’risida bir rivoyat

Bir dehqonning yakkayu yagona kurkasini tulki bo’g’izlab ketibdi-yu o’sha kurkadan sahar tongda tuqqan faqat bir dona tuhumgina qolibdi. Buni eshitgan qo’shnisi tuhum behudaga nobud bo’lmasin deb dehqondan yaxshigina pul evaziga sotib olmoqchi bo’libdi. Uning kurk-tovug’i aynan o’sha paytda tuhum bosib o’tirgan ekan. Dehqon rosa o’ylab ko’rib ertasi kuni qo’shnisiga tuhumni sotibdi. Tez kunlarda tuhumlardan jo’jalar ochilib chiqibdi, ammo kurkaning jo’jasi ochilmay qolibdi... Chunki qo’shnisiga berishdan oldin haligi dehqon uni qaynatib chiqqan ekan. 

Avvalo gapni shundan boshlaylikki – o’z hasadgo’yligini tan olish undan qutulish yo’lidagi muvaffaqiyatning yarmi. Shunday odamlar borki, o’zida hasad borligini tan olishga qodir emas. G’iybat va fisq-fasod gaplar – hasadning shakllaridan biri. "Hech kim o’lik itni urmaydi”. Deyl Karnegi bu gaplarni aytganida mutlaqo haq edi: agar ijobiy yoki salbiy jihatidan qat’iy nazar kimdir muhokama qilinsa, demak u noshud odam emas. Uni pastga urib, xunuk qilib ko’rsatmoqchi bo’lsalar, demak u nimagadir bo’lsa ham ega, kim uchundir uning zaminida o’zining hamda boshqalarning ko’zida afzalroq bo’lib ko’rinish kerak bo’lib qolgan.

Bunga sabab o’ziga nisbatan ishonchsizlik, o’zining zaifligiga, jozibasizligiga, omadsizligiga va hokazo kabilarga yopishib olganlik bo’ladi. Xatto namoyishkorona kimgadir rahmi kelganida ham, rahmi kelgan odam uning o’rnida bo’lib qolishdan ongsiz ravishda qo’rqishini “tanoladi”. Xo’sh, nima qilmoq kerak? Hissiyotlar va emotsiyalar bizga to’g’ridan-to’g’ri bo’ysunmaydi. Salbiy hissyotlarning mavjudligini tan olish yoki ularni inkor qilish mumkin. Qandaydir ma’lum bir paytga qadar! Har qanday emotsiya va hissiyotni tan olishdan qo’rqib yoki ularga hayot-mamot urush e’lon qilib biz ularning vakolatini hamda mustahkam obro’sini kuchaytirib yuboramiz, chunki hech kim qandaydir ahamiyatsiz biror narsa bilan bu darajadagi jon-jahd bilan kurashmaydi.

Emotsiyalarni inkor qilganda biz biror narsa qilish, vaziyatni o’z foydamiz tomonga o’zgartirish uchun ojizligimizga imzo chekkan bo’lamiz. Hasad ikki xil bo’ladi – qora va oq. Qora hasad kimlarnidir “asossiz” ustunliklar, vositalar, boshqa odamlarning munosabatlari va hokazolardan mahrum qilishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Boshqacha qilib aytganda uning maqsadi– adolat o’rnatish. Hasad qilayotganning hisoblashicha bunga erishib bo’lmaydi.(Aslini olganda kerak ham emas!) Shuning uchun ham omad sohibi hasad qilayotganning azoblariga teng azoblarni boshidan kechirsa adolatdan bo’ladi. Oq hasad qandaydir va ma’lum darajada boshqa odamning xursandchiligini hamda huzur-halovatini adolatli va asosli ekanligini tan oladi. Hech bo’lmaganida u nimasi bilandir yoqimli ekanligi tufayli qisman o’zining “ustunliklari”ga ega bo’lishga balki haqlidir. 

Inson qanchalar ko’p hasad qilsa, u shunchalar o’zining noshudligiga, boshqalarda bor narsaga hech qachon erisha olmasligiga ishonib boraveradi. Agar yaxshilab o’ylab ko’rsa, harbir kishida tahsinga va havas qilishga loyiq fazilatlari bor. Biroq hasad qiluvchi o’zining kuchli tomonlarini, tashqi qiyofasi, ahloqi, turmush tarzining afzalliklarini yaqindan tikilgan holda ham ko’rmaydi. Xatto shu kabi biror narsani sezib qolgan taqdirda ham u o’zi egalik qilayotgan narsani qadrlamaydi,chunki ularni arzimas va ahamiyatsiz deb hisoblaydi.

“Sulton orzulari” rivoyati

Bir idora xizmatchisi idoradan tashqariga chiqib sultonning yaltirab turgan gumbazli saroyiga qarabdi-da, "Afsus, mensultonlar oilasida tug’ilmagan ekanman, hayot juda ham oson o’tishi mumkin edi…" deb o’ylanib qolibdi. Keyin u bolg’alarning bir maromda taqillashi bilan baland ovozdagi hayqiriqlar eshitilib turgan shahar markazi tomon yo’lolibdi. Bu katta bir maydonda yangi bino qurilishida ishlayotgan ishchilarning ovozlari edi. Ishchilardan biri qo’lida bir necha qog’ozlarni ko’tarib yurgan idora xizmatchisini ko’rib qolib, "Ex, afsus, nima uchun otam buyurganidek o’qishga harakat qilmadim-a, hozir yengil ishni qilib, kun bo’yi matnlarni ko’chirib o’tirar edim, hayotim ham juda yengil bo’lar edi…" deb o’ylabdi.   

Shu payt sulton o’z saroyidagi bahaybat derazaning oldiga kelib maydonga bir nazar tashlabdi. U ishchilar, idora xizmatchilari, sotuvchilar, haridorlar, kattalar bilan bolalarni ko’rib, kun bo’yi ochiq havoda jismoniy mehnat bilan shug’ullanish yoki umuman ko’cha daydisi bo’lib, siyosat hamda boshqa murakkab masalalar to’g’risida umuman bosh og’ritmaslik naqadar mazza bo’lsa kerak, deb o’ylabdi. "Bu oddiy odamlarning hayoti naqadar sodda va oson bo’lsa kerak" deb hayolidan kechiribdi u.

Boshqa odamga havas qilib inson o’zining bor e’tiborini va ichki quvvatini o’z afzalliklaridan boshqaning tahminiy fazilatlariga qaratadi.Shunda o’zining noyob hislatlari hamda o’ta qulay imkoniyatlari murtak holatida qolib ketadi. Aslida oltin koni ham mana shuning o’zida yashiringan! Biroq hasad bo’m-bo’sh joyda paydo bo’lmaydi, u ayniqsa turli vaziyatlar qurbonlarini yoki o’zini shunaqalardan deb hisoblaydiganlarni juda ham yaxshi ko’radi. Hammasining sababi shuki, hasad qilayotgan kishi o’zi to’g’risida juda past fikrga ega. U o’zi uchun juda qadri past, uning muvaffaqiyati ahamiyatga arzigudek emas, o’z kuchiga bo’lgan ishonch juda zaif (agar mavjud bo’lsa), shuning uchun ham, qolayotgan yagona narsa – bahtli va muvaffaqiyatli kishiga hasad qilish. Hasad qilayotgan mutlaqo omadsiz bo’lishi ham shart emas, u muvaffaqiyatga ham erishadi, lekin qandaydir o’ziga oid biror narsada, faqat unga ahamiyat ham bermaydi, o’z g’alabasidan zavqlanishni bilmaydi. Chunki “birovniki doim yaxshiroq”.

Shu o’rinda hasadgo’ylik dardiga chalinmagan odamlar bunday holda tamoman hudbinlar –ularni ham kimlardir hafa qilganiga qaramay, ular boshqalarning zafari, ulardan qasd olish to’g’risida umuman o’ylamaydi – o’zi to’g’rida, o’zlari qaysi sohada kuchli bo’lsa shu sohada muvaffaqiyatga erishish to’g’risida o’ylaydi. Hasad nima uchun paydo bo’lishini bilib olib uni bir yoqlik qilish oson kechadi.  Hasadga sarflangan quvvatni (ma’lum bo’lganiday salbiy hissiyotlar juda ko’p ruhiy bilan birga jismoniy kuchlarni tortib oladi va hayotdan zavqlanishga halaqit beradi) hasadga qarindosh bo’lgan o’sish, rivojlanish va muvaffaqiyat hissiyotlariga aylantirish zarur. Sizning muvaffaqiyatlaringiz, albatta! Siz hissiyot va emotsiyalarni boshqara olasiz. Agar hasad bilan hech narsa qila olmasangiz uni hech bo’lmasa havasga aylantirib davom ettiring. Hayratlanib havas qiling!  

Boshqa biror kishi yaxshilik qilganini ko’rganingizda undan o’rnak olib uni qo’llab-quvvatlang. Hayratlangan kishiga doimo taqlid qilishga urinamiz. Tahsin — o’ziga o’xshashlikni xushmuomalalik bilan tan olishdir. Agar hasad “Bu menda yo’q (bo’lmaydi ham) desa, tahsin “Zo’r, men ham shunday xohlayman (qaysi tomonga o’sishni bilaman) deydi. Hasad o’z kamchiliklarida chaynalsa, tahsin fazilatlarga egalik qilishdan xursandchilik ruhi bilan to’lib toshadi. Tahsin hasadga boshqa odamda uning qobiliyatlarini, qadr-qimmatini, ustunliklarini borligini va hozirgi paytda shu zahiralarning o’zida yo’qligini tan olishi bilan o’xshash. Kimnidir yoki nimanidir taxsinga loyiq topib siz uning fazilatlarini o’zingizga “o’g’irlab”olish bilan shug’ullanasiz. Bu qanday bo’lishi mumkin? Tahsin sevgiga o’xshash, xatto shunday naql ham bor: dushmanni mag’lub etish uchun uni sevib qolish,boshqacha qilib aytganda, uning mahorat sirlarini yaqinroq bilib olish kerak.

Mening sanamlarim yo’q. Men ishim, jonbozligim va mahoratimni tahsinga loyiq topaman. Ayrton Senna. 

Kimnidir tahsinga loyiq topsangiz, siz o’zingizga muhim bo’lgan sohada tahsin obyektiga o’xshab borasiz. Siz ma’lum darajada, uning fikrlash, faollik sathiga o’tasiz. Siz uning tajribasini o’zlashtirasiz, uning xursandchiligini o’zingizga yuqtirasiz, demak uning potentsiali va energiyasidan bahramand bo’lib “oziqlanasiz”. Tahsin qanotlantiradi, kuch-quvvat bag’ishlaydi, ufqlarni kengaytiradi, yangi imkoniyatlarni ochadi.Tahsinga loyiq topgan insoningiz sizning hissiyotlaringiz to’g’risida xabar topib o’zida bor narsa bilan bajonidil bo’lishishga tayyor bo’ladi...

Tahsin kuchi to’g’risida rivoyat

Bir sharqiy mamlakatda podshohning bog’ida ajoyib atirgul ochilgan ekan. U shu qadar go’zal ekanki, uning dong'i dunyo bo’ylab taralib ketgan ekan. Podshohning oldiga turli mamlakatlarning qirollari, shohlari, hoqon-u sultonlaridan atirgul uchun boyliklar bilan choparlar kela boshlabdi. Ular podshohning oldiga kelib gulni o’z hukmdorlarining bog’lariga katta pul va sovg’alar evaziga berishni so’ray boshlabdilar. Podshoh ularning hammasiga doimbir hil javob qilar ekan: “Borib bemalol olaveringlar”. U faqat maftunkor atirgulning uzun va o’tkir tikanlari borligini aytmas ekan. Bu tikanlar gulni qo’lga olishga imkon bermas ekan. Shuning uchun ham uni haligacha hech kim uzib ololmagan ekan. Choparlar boqqa borib atirgul oldiga marvarid, shoyi matolar, qimmatbaho toshlarni to’kib sochar ekan, biroq atirgul pinagini ham buzib qo’ymas ekan. 

Kunlardan bir kun shu sharqiy mamlakatga juda ko’p marta eshitgan atirgulni o’z ko’zi bilan ko’rish maqsadida boshqa mamlakatdan bir shahzoda tashrif buyuridi. U atirgulni ko’ribdi-yu uni sevib qolibdi. Biroq u go’zal gulni o’zi bilan olib keta olmasligini bilarekan. Shunda u o’sha boqqa kelib gulning oldida tiz cho’kib so’zlay boshlabdi: "Ey, go’zal atirgul! Sen shunchalar maftunkorsanki, men boshqa hech narsani o’ylay olmay qoldim. Sen shunchalar nafosatga boysanki, xatto men bilan ketishingni so’rashga ham jur’at qila olmayman, faqatgina maftun bo’lganimni izhor eta olaman.Yo’limda kimni uchratsam ham sening go’zalliging to’g’risida zavqu-shavq bilan hikoya qila olaman. Ammo, go’zalligingni ta’riflashga insonning tili ojizlik qilar ekan". Atirgul dunyoning hamma pullaridan ham qadrliroq bo’lgan shahzodaning tasannolari va dil izhoridan lol qolibdi va o’z tikanlarini tashlab yuboribdi. Shunda shahzoda uni o’z qo’liga olib o’z mamlakatiga olib ketibdi. Shahzodaning vatanidagi fuqarolar asl go’zallikni juda ham qadrlashar ekan. O’sha atirgul ham shahzoda vatani poytahtining ko’rkiga ko’rk qo’shib,uning chiroyidan odamlar uzoq-uzoq yillar bahramand bo’lishgan ekan.

Har qanday holatda ham sizni maftun etgan narsa siz uchun to’g’ri yo’ldan adashtirmaydigan yo’lchi yulduzingiz bo’ladi. Havas qilgan insoningizga yetib olib undan ham o’zib ketish uchun sizda haqiqiy imkon vujudga keladi. Unga samimiy tasanno keltirishni davom ettirsangiz, uni yaqindan bilib olgandan keyin dilingizdagi ideal inson juda ham benuqson emasligiga,uning ham o’ziga yarasha kamchiliklari borligiga guvoh bo’lib hayratda qolasiz. U ham hamma kabi gohida adashishi mumkin, hayotining boshqa taraflari ham dastlabda ko’ringanidek juda bekami-ko’st emas. "Ko’z tegdi" degani aynan mana shu to’g’risida – hamma ham adashishi mumkin, hech kim bequsur va barkamol emas. Tahsin – bu hayoliy havas yoki sig’inish emas, chunki ular  boshidanoq siz o’zingizga pir qilib olgan kimsadan o’zingizni pastroq baholaganingizdan darakdir. Siz doimo o’zingizni u bilan taqqoslaysiz va bu taqqoslash sizning foydangizga yakunlanmaydi. Siz uning jihatlaridan birini sizda ham hozir bo’lishini xatto tasavvur qilolmaysiz. 

Inson o’zini boshqa bir kimsalar bilan taqqoslab, o’zining yutuqlaridan qoniqishga erisha olishi mumkin emas: doimo kimdir sizdan yaxshiroq bo’lib vujudga kelaveradi. Maftun bo’lganda siz beixtiyor maftun bo’lgan kishingizga yoki narsa yaqinlashib borasiz. O’zingizni faqatgina o’zingiz bilan taqqoslang: agar bugungi siz kechagi o’zingizdan qandaydir jihatingiz bilan barkamolroq bo’lsangiz, bu juda soz! Rivojlanish sezilarli bo’lmagan taqdirda, fikringiz yaqinlaringiz fikri bilan to’g’ri kelishini tekshirib ko’ring, balki o’zingizga haddan tashqari tanqidiy yondoshayotgandirsiz. Buning ustiga rivojlanish doim ham yaqqol ko’rinavermaydi, juda ko’p hollarda ikki qadam old tomon yurishdan avval bir qadam orqaga tashlash kerak bo’ladi. Xatolar jismoniy og’riq hamda salbiy emotsiyalar kabi biz baht, xotirjamlik, muvaffaqiyatdan uzoqlashayotganimizdan darak sifatida bong uradi. Havas o’zimizga yangicha nazar tashlash, hammamiz ham “bir xamirning tarkibiy qismlari” ekanligimizni anglash uchun kerak. Istagimizdagi zahiralarga yo’l ularga maftun bo’lish, ularni tahsinga loyiq deb topish orqali ochiladi. 

Shu o’rinda hasad to’g’risida rivoyat

Bir donishmandning shogirdlari undan "Hasad nima?" deb so’radilar. Muallim shunday javob berdi: "Hasad inson dunyo birligini anglashining shakllaridir. U ongni o’zlik chegarasidan tashqariga chiqaradi. Hasadning eng quyi pog’onasi — “qora hasad” — insonning o’zligi istalgan, biroq erishishga ko’zi yetmagan narsani mutlaqo inkor qilinganida vujudga keladi. Ikkinchi pog’onada “oq hasad” turadi – bu insonning o’zligi istalgan narsa bilan tenglashtirish holatida vujudga keladi. Hasad rivojlanishining uchinchi pog’onasi — istalgan narsa gapir kabi sig’inishdir va nihoyat ayrim insonlargina hasad yagona olamga bo’lgan muhabbat ichra to’liq erib yo’q bo’ib ketadigan to’rtinchi pog’onaga erisha oladi.”

 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook