просмотров
Quyosh yorug’ligida millionlab mayda chang zarralarini kuzatish mumkin. Ular mikroskopik tekstil tolalari, nobud bo’lgan teri zarralari, ko’chadagi qorakuya, gul changlari, mog’or, halok bo’lgan hasharot parchalari va boshqa minglab moddalardan tashkil topgan. Changlar muntazam ravishda uyning pastki qismiga cho’kib boradi.
Divan, to’shak va yostiqlarni mikroskop orqali kuzatganingizda, ko’zingizga uyqu kelmay qolardi, balki. Choyshab va yumshoq mebellar chirigan moddalar bilan oziqlanuvchi jo’laklarning sevimli makoni hisoblanadi. Ushbu mikroskopik hasharotlar har bir uyda istiqomat qilib, o’lgan to’qima zarralari bilan oziqlanadi. Ular issiq va qorong’u yerlarni hush ko’rgani sabab mebel jildi va yostiqlar ostida yashashga odatlangan. Jo’laklar yostiqlar va choyshablar ostida yilllar davomida yashab, o’sha yerning o’zida halok bo’ladi. O’lgan hasharot parchalari allergiya keltirib chiqaradi.
Changga allergiyasi bor insonlar aslida ushbu hasharotlardan aziyat chekadilar. Ushbu mayda zararkunandalar bilan kurashish uchun yumshoq mebel tanlash borasida teridan ishlangan jihozlar sotib olishga harakat qiling.
Quruq havodagi yengil chang uzoq vaqt davomida uyning pastki qismiga tushmaydi. Odatda, namlik darajasi yuqori bo’lgan havo quruq havodan tozaroq bo’ladi. Inson uchun mukammal namlik darajasi 40-60 foizni tashkil etgani bilan uylardagi namlik darajasi 20-25 foizdan yuqoriga ko’tarilmaydi.
Akvarium va uy ichiga o’rnatilgan dekorativ fontanlar chiroyli ko’rinish beribgina qolmay, namlik darajasini ko’tarishga yordamberadi.
Nam havoda chang ivib qoladi va tezlik bilan polga tushadi, changni poldan tozalab olish esa qiyinchilik tug’dirmaydi.
Uyda chang yig’uvchi buyumlar qancha ko’p bo’lsa, changni tozalash shu qadar qiyinlashadi. Haykalcha, ramkaga solib qo’yilgan rasm, oynasiz shkaflarga terilgan kitob, yumshoq o’yinchoqlar, ko’p qavatli parda va paxmoq gilamlar changni magnit kabi o’ziga tortib oladi. Agar mayda buyumlarsiz uyingiz befayz bo’lib qolgandek tuyulsa, ularni oynavand shkaflarga joylab qo’ying. Texnika vositalari ishlayotgan vaqtida juda ko’p chang tortib olgani sabab, televizor va kompyuterni ochirish yoddan ko’tarilmasin.
Turg’un havo turli zamburug’, jo’lak va chang ko’payishi uchun juda qulay. Bundan tashqari uni jihozlashda foydalanilgan ba’zi buyumlar yillar davomida zararli toksinlar ishlab chiqarishda davom etadi.
Yopiq binoda ushbu zararli moddalar ta’siri yanada ortadi. Shu bois ertalab va uyqudan oldin honalarni shamollatib yuboring.
Uyni har bir kvadrat metrida yiliga 8 grammdan chang yig’iladi. Changdan butunlay halos bo’lish usuli mavjud bo’lmasada, yuqoridagi usullar yordamida uy tozaligini ta’minlash va salomatligingiz haqida qayg’urishdan charchamang.
Сообщения из Facebook