просмотров
Xuddi shu muammo rosa kuch quvvatga to’lgan- odatda 35 yoshdan 45 yoshgacha bo’lgan odamlarda ham kuzatsa bo’ladi. Siz ham shunday deb o’ylaysizmi? Ya’ni, muvaffaqiyat faqat yoshlar uchun, deb o’ylaysizmi? U kelsa yoki birdaniga keladi, yoki hech qachon kelmaydi, sizningcha shundaymi? Unday bo’lsa mana bu qisqacha maqola aynan siz uchun!
Titsian (Tiziano Vecellio) "Masihga ta’ziya"asari ustida ishlashni 83 yoshida boshlagan.
Madam Tyusso ko’rgazmasining ko’p yillik joydan joyga ko’chishidan keyin Londonda o’zining mum shakllari muzeyini ochdi, shu paytda u 66 yoshda bo’lgan.
Konrad Adenauer (Konrad Hermann Joseph Adenauer) 74 yoshida birinchi marta, 85 yoshida esa - to’rtinchi marta Federal kansler lavozimiga ega bo’lgan.
Uinston Cherchil (Sir Winston Leonard Spencer-Churchill) 76 yoshida bosh vazir bo’lgan.
Jon Glenn (John Herschel Glenn, Jr.) 77 yoshida koinotga qaytadan parvoz qilgan birinchi astronavt.
Bertran Rassell (Bertrand Arthur William Russell) – britaniyalik faylasuf, logik, matematik va jamoa arbobi – 3-chi graf Rassel o’zining uch jildli tarjimai holini 95 yoshida yozishni boshlagan va uni ikki yil ichida tugatgan.
Koko Shanel (Gabrielle Bonheur "Coco" Chanel) moda olamiga yana bir marta qaytib 71 yoshida yangi kolleksiyasini taqdim etgan.
Endi bir o’ylab ko’ring, hozir necha yoshdasiz? Xo’sh, hayot tugab qoldibdimi?
Сообщения из Facebook