просмотров
Iblis dengizi
Endi sayyoramizning sharqiy yarim shariga nazar tashlaymiz. Tinch okeanida, Yaponiya sohillaridan unchalik uzoq bo'lmagan joyda g’ayrioddiyligi bilan Bermud uchburchagidan qolishmaydigan “Iblis dengizi’ degan joy mavjud. Bu dengizda ham mudhish va qo’rqinchli hodisalar bo’lib turadi. Qadimgi zamonlarda ham mahalliy aholi dengiz tubidagi bu joyda turli xil dengiz mahluqlari, jinlar va bahaybat tishi baliqlari yashaydi, deb ishonishgan. Baliqchilar bu suvlarda ular hech qachon kitlar va delfinlarni ko'rmaganliklarini ta'kidlamoqdalar. Va bu yerda eng keng tarqalgan hodisa – mayda to’lqinlarning to’satdan g’azablanib, 15-20 metr balandlikka ko’tarilishidir.
Qo'rqinchli joyning xarakterli belgisi suv rangining o'zgarishi: ertalab qizg'ish rangga ega bo'lishi mumkin, va tushdan keyin u to’q jigar rangga aylanadi. Katta hududda suvning baqir-buqir qaynashi begona odamni vahimaga solishi turgan gap. Okean yuzasi oq ko'pik bilan qoplanadi, choynakning qaynashiga o'xshash tovush keladi, faqat ancha balandroq: bu okean tubidan chiqayotgan gazlardir.
Bunday tortishish o’chog’iga borib qolgan kema osongina ummon tubiga g’arq bo’lishi tabiiy. Bu gazlarning zichligi dengiz suvining zichligidan bir necha baravar past bo’lganligi uchun ko'p tonnali kema suv ustida tura olmay, ko’p kilometrli dengiz tubiga cho’kib emas, bittada tushib ketadi. Va bu narsa birdaniga va tezda sodir bo’ladi. Shuning uchun Iblis dengiziga tushgan ko'plab kemalar o’z ona tuproqlariga qayta olmaydi.
Afg'on anomaliyasi
Afg'oniston anomaliyasi kam o'rganilgan va shuning uchun hududlarning eng sirli joyi. Bu joy NUJ (noma’lum uchar obyekt) larning tez-tez paydo bo'lishi bilan mashhur. Ular odamlarning ko'zlari oldida yorqin qizil shar, kumush likopcha va disklar shaklida ko'rinadi. Ular tajovuzkor harakat qilmaydilar, lekin ularning tashqi ko'rinishi guvohlarni dahshatga soladi. Ammo ba'zida halokatli holatlar sodir bo’lib turadi: noma’lum sirli obyektga yaqinlashgan odam shunchaki kulga aylanishi mumkin.
Gavayi anomaliyasi
Gavayi anomaliyasi iblis kamaridagi so'nggi beshinchi zonadir. Bu joyning o'ziga xos xususiyati daydi, qotil to'lqinlaridir. Balandligi 45-50 metr va uzunligi 1000 metrga yetadigan ulkan to'lqinlar shunday nomlanadi. Ularning asosiy xususiyati shundaki, ular okean yuzasi bo'ylab shamol va oqimdan qat'iy nazar o'zboshimchalik bilan harakat qiladilar.
Daydi to'lqinlar juda katta hajmga ega. U qulab tushadigan yuza juda katta bosim ostida qoladi. Hattoki eng ulkan kema ham bunday dahshatga duch kelganda bir necha daqiqada cho'kib ketishi mumkin. Qotil to'lqinlarining kelib chiqish sabablari aniq emas, ammo shu narsa ma’lumki, dengiz tubining siljishi natijasida hosil bo’ladigan tsunamilarning bu daydi to’lqinlarga aloqasi yo’q.
Сообщения из Facebook