просмотров
Vazirning eng sevimli gapi “Har bir ishda hayr bor”iborasi bo’lib, qanday voqea bilan to’qnash kelmasin, shu gapni takrorlashdan charchamas ekan.
Kunlarning birida hukmdor ovga chiqib, kamon o’qi tegib, qo’lidagi bitta barmog’idan judo bo’libdi. G’azablangan podsho barchaga jahl qila boshlabdi. Vazir esa uni tinchlantirish maqsadida “Hukmdorim, barcha ishda hayr bor, o’zingizni tuting!” debdi.
Bu so’zlardan podsho battar g’azab otiga minibdi. U sevimli do’stiga aylangan vazirni zindonga tashlashlarini buyuribdi.
Oradan birmuncha vaqt o’tib, hukmdor yana ovga chiqadigan bo’libdi. Bu safar u qo’shni yerlarda ov qila turib, yovvoyi qabilalar qo’liga tushib qolibdi va uni asir olibdilar. Qabila qandaydir ilohlarga sig’inar va ularga odamlarni qurbonlikka so’yishar ekan. Qurbonlikka tayyorlanayotgan hukmdorni o’z podsholari huzuriga olib borishibdi. Qabila boshlig’i asir tushgan odamni ko’rib, quvonib ketibdi va marosimni boshlashlarini buyuribdi. Marosim boshlangach, u hukmdorning bitta barmog’i yo’q ekanligini payqab qolibdi.
“Ilohlarimiz barmog’i yo’q odamga zormi?” deya baqira boshlabdi u. – Ilohlarga eng yaxshi narsalarni ravo ko’rish kerak. Yo’qotinglar uni ko’zimdan!”
Hukmdorni qo’yib yuborishibdi. U o’z mamlakatiga kelib, darhol vazirini zindondan chiqarib olibdi.
“Do’stim! Qanchalar haq ekansan! Barmog’imdan ayrildim, ammo jonim omon qoldi! Men ham meni deb ko’p azob chekding. Mendan ranjima!” debdi podsho vaziriga qarata.
“Har bir ishda hayr bor, olampanoh! – javob beribdi vazir. – Sizdan aslo ranjimadim. Hatto meni zindonga tashlashingiz ham yaxshilikka! Agar zindonda bo’lmaganimda siz bilan ovga borardim, siz bilan meni ham tutib olishardi. Barmog’ingiz bo’lmagani uchun siz-ku qutulib ketardingiz, sizning o’rningizga esa meni qurbon qilishar edi!”
Сообщения из Facebook