просмотров
Ularni inson zakovatini lol qoldiruvchi ilmiy izlanishlar sari yetaklamoqda, shuning ta’siri natijasida deyarli har kuni inson organizmi to’g’risida yangidan yangi ilmiy kashfiyotlar qilinmoqda. Bularning ichida, inson tanasi to’g’risidagi eng qiziqarli 10 tasi haqida, quyida ma’lumotlar keltiramiz.
1. Inson tanasi har xil kimyoviy unsurlardan tashkil topgan. Bir umr davomida tanamizdan ajralib chiqqan xlor moddasi katta-katta oltita suv havzasini zararsizlantirish (dezinfeksiya)ga yetar ekan! Tanamizdan ajralib chiqqan fosfor esa, 200 quti gugurt tayyorlashga yetar ekan.
2. Oltmish yil yashagan odam, shundan yigirma yilini uyquda o’tkazar ekan, uyqu o’limning ukasi, degan gaplarni be'jiz gapirishmasligiga amin bo’lgan bo’lsangiz kerak.
3. Chaqaloq tug’ilgan paytda tizza qopqog’iga ega bo’lmaydi, bu narsa 2-5 yoshlar oralig’ida shakllanadi.
4. Inson tanasidagi eng mustaxkam qism bu – tuklar bo’lib, ular eng oxirida chirishni boshlaydi. Arxeologlar tomonidan topilgan, eramizdan avvalgi ming yillar oldin mumiyolangan jasadlar ichida, skletdan tashqari “yashab” qolgan qismi bu –tuklar edi.
5. Inson uyqudagi holatida bo’yi uzunroq bo’lishiga nima deysiz? Chunki, yotgan holda odam tanasi bo’sh va erkin holatda bo’lib, buning natijasi o’laroq u taxminan 0.8 smga uzayadi.
6. Inson organizmi judayam ko’p issiqlik ajratib chiqaradi, bir kunda ajralib chiqqan issiqlik energiyasi 30 litr suvni qaynatishga yetar ekan!
7. Qon tarkibi esa, insoniyat tarixidan oldingi davrdagi dengizlar tarkibi bilan bir xil.
8. Inson yuragi o’lchami jihatidan mushtdekkina keladi, katta odamlarda og’irligi 220-265 gr tashkil qiladi. U bir qarashda bitta stakan (200ml) qonni haydashga quvvati yetadi.
9. Oshqozon ham judayam “aqlli” bo’lib, miya va uning taxlilisiz o’z ishini bajaraveradi. Biz tomonidan hech qanday ta’sirlarsiz ozuqa hazm qilish jarayonini olib boraveradi. Undan ajralib kislotalar esa, hatto rux moddasini ham hazm qilib –eritib yuboradi. Ammo shunisi yaxshiki oshqozon hujayralari kislota ta’siridan ko’ra tezroq harakat qiladi.
10. Inson terisi katta odamlarda, taxminan ikki kvadrat metrni tashkil qiladi. U hayot davomida, yangilanishi natijasida 18 kg terini ajratib tashlaydi. Bu hodisa, inson terisining eski hujayralari o’rniga yangi hujayralar bilan almashinuvi natijasida sodir bo’ladi.
Сообщения из Facebook