просмотров
Olimlarning so‘nggi tadqiqotlari natijasida sayyoramizda yashovchi har o‘ninchi odam ana shunday"yashirin" insultni boshdan kechirgani aniqlandi. Bu kabi aksariyat holatlarda insonlar kasallikni davolamaydilar va tibbiyot muassasalariga murojaat ham qilmaydilar. Ammo, shuni unutmaslik kerakki, insultning bu turi o‘z vaqtida aniqlanib, davolanmasa, ko‘po‘tmay haqiqiy insultga ham olib kelishi mumkin. Yashirin insultning asosiy belgilari nimalardan iborat ekanligini bilasizmi?
Ko‘rish qobiliyatining yomonlashishi yoki yo‘qolishi
Bosh miyadagi qon tomirlarining tromboemboliya holati insonning ko‘rish qobiliyatiga bevosita ta’sir qiladi. Shu sababli ham insultni yashirin tarzda boshdan kechirgan insonlarning har uchtasidanbirida ko‘rish qobiliyatining yomonlashishi yoki butunlay yo‘qotilishi kuzatilgan. Bu kabi belgi o‘zini huruj avvalida ham ko‘rsatishi mumkin.
Bo‘g‘ilish, titroq va nafas yetishmasligi
Bu ham yashirin insultning asosiy alomatlaridan biri. Bemor o‘zini bu vaqtda juda yomon his qiladi, nafas olishi tobora qiyinlashib ketadi. Ma’lum bir vaqt davomida bo'g‘ilish hissini ham tuyishi mumkin. Buning sababi shundaki, tomirlarga qon quyqumi tiqilib qolganida inson organizmi kislorod yetishmasligi holati bilan to‘qnash keladi, bu esa o‘z navbatida yurak aritmiyasiga sabab bo‘ladi. Yashirin insultning yana bir belgisi isitma yoki kuchli hissiyotlarga bog‘liq bo‘lmagan ravishda butun tanani titroq bosishidir.
Yuz falajligi
Ushbu belgi insultning yorqin alomati bo‘lib, uniboshqa turdagi nevrologik patologiyalardan farqlab olish uchun yordam beradi. Odatda bemor yuzining bir tomoni shol holatga keladi, yuz ko‘rinishi assimetrik holatga kelib qoladi. Insonning insultga duchor bo‘lganini o‘z vaqtida aniqlash uchun odatda shifokorlar undan kulishni so‘rashadi. Bu vaqtda inson qiyshiqroq holatda kulsa, yashirin insultni boshdan kechirgan bo‘ladi.
Charchoq
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, odatda insultni boshdan kechirgan ayollar bundan biroz avvalroq surunkali charchoq, hayollar tarqoqligi, diqqatni bir yerga jamlay olmaslikdan shikoyat qilishadi. Eng qizig‘i, bu kabi belgilar kuchli jins vakillarida kuzatilgan hurujlar avvalida ko‘rinish bermagan.
Yuzning bir tomonidagi og‘riq
Yashirin insult hamisha ham og‘riq bilan kechmasligi mumkin, ammo ba’zan qo‘l-oyoqlar yoki yuzning bir tomonida kuzatiladigan keskin va kutilmagan og‘riq miya tomirlaridagi qon aylanishi buzilganidan darak beradi. Bu kabi holatlarda bemor sababsiz bosh og‘rig‘idan shikoyat qiladi. Ayrim bemorlar mazkur og‘riqni kutilmagan zarba kuchi bilan qiyoslaganlar.
Hiqichoq
Hiqichoq tutish mexanizmi yutish rekleksi bilan bevosita bog‘liqdir. Mazkur refleks hosil bo‘lishida bir nechta qismlar ishtirok etadi. Agar qon aylanishining buzilishi oqibatida tuzilmalardan biri zararlansa, bu hiqichoq tutishiga ham olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, hiqichoq odatda bosh miya nafas markazidagi qon tomirlarida kuzatilgan o‘zgarishlar oqibatida ham yuzaga kelishi mumkin. Aytish kerakki, bu kabi aksariyat holatlar huruj avvalidan ayollarda ko‘proq kuzatilgan. Unutmang, agar hiqichoq 2 sutkadan ko‘proq davom etayotgan bo‘lsa va u bilan kurashishdagi odatiy usullarish bermasa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish lozim.
Bosh aylanishi
45 yoshdan kichik bo‘lgan ayollardagi yashirin insult ko‘p hollarda bosh aylanishi bilan kuzatiladi. Ushbu alomatga aksar holatlarda charchoq yoki uyqusizlik belgisi sifatida qarab, yetarlicha e’tibor bermasligimiz ham mumkin. Agar bosh aylanishi kuchli og‘riq hissi bilan kechsa, darhol shifokorga murojaat qilish kerak bo‘ladi.
Muvozanatning yo‘qotilishi
Insult holatining birinchi bosqichlarida kuzatiladigan odatiy belgilardan biri muvozanatning yo‘qotilishi va yurishning qiyinlashishi bilan bog‘liq. Shu sababli ham buni odatiy charchoqqa yo‘yish va tahlil topshirish jarayonini ortga surish aslo yaramaydi.
Migren va bosh og‘rig‘i
Migren - aksariyat insonlarda tez-tez kuzatiladigan holat. U bosh og‘rig‘i hurujining ma’lum turi bo‘lib, og‘riq boshning bir qismida (ko‘p hollarda peshona-ensa qismida) yuzaga keladi. Yorug‘likka nisbatan ta’sirchanlik, ko‘ngil aylanishi, qayt qilish, bosh og‘rig‘idan keyingi zaiflik ham yashirin insult belgisi bo‘lishi mumkin. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘p hollarda bosh og‘rig‘i huruj avvalidan ayollarda kuzatiladi.
Bezovtalik va tarqoq so‘zlar
Jumlalar tarqoqligi yashirin insult belgilaridan biri bo‘lishi mumkinligi haqida bilasizmi? U bosh miyaning ma’lum bir sohalari zararlanishi oqibatida yuzaga keladi. Natijada insonning gaplarini tushunish juda qiyin bo‘lib qoladi. Gapirish davomida chuqur bezovtalik ko‘zga tashlanadi.
Сообщения из Facebook