просмотров
Ayzenka testi (IQ) – bu intellektingiz darajasini aks ettiruvchi testmi? Siz undan biror marta bo’lsa ham o’tganmisiz? Ko’pchilik yulduzlarning natijalari hayratga soladi, ular bekorga butun dunyo uzra mashhur bo’lib ketmaganligiga guvoh bo’lasiz! Quyida IQ ko’rsatkichi baland bo’lgan Golivvud yulduzlarining ro’yxatini e’tiboringizga havola qilamiz!
Intellekt koeffitsient test doirasida ballarda o’lchanadi: 70 balldan pastrog’i — aqliy zaiflar, 85-115 ball — oddiy odamlar, 115-125 — me’yordan balandroq intellektga ega bo’lganlar, 125-135 — intellekt darajasi baland, 135 va undan yuqorirog’i —ulug’ iste’dodlilar.
Arnold Shvartseneger, IQ = 135
Arnold bolaligdan kulturizm bilan shug’ullanib har kuni bo’sh vaqtini zalda o’tkazishiga qaramay, u nafaqat o’z badani va ruhini, balki aqliy qobiliyatini ham rivojlantiruvchi mashg’ulotlar bilan shug’ullanishga vaqt topa olgan! Afsonaviy aktyor va Kaliforniyaning sobiq gubernatori IQ ko’rsatkichi juda baland.
Tommi Li Djons, IQ = 135
Agent Key Garvardda o’qigan va uni Ingliz tili bo’yicha bakalavr diplomi bilan tugatgan.
Kevin Speysi, IQ = 137
Kevin o’ta murakkab bola bo’lgan, ota-onasi uni xarbiy maktabda yayta tarbiyalashga bergan, ammo bir o'tgandan keyin uni u yerdan xaydab yuborishgan. Umuman olganda, daholarni hech kim hech qachon tushunmagan!
Emma Uotson, IQ = 138
Juda zich syomkalar grafigi tufayli Emma Braun universitetini tamomlay olmagan, keyinchalik huddi shunday hodisa Vuster kolledjida ham ro’y bergan. U faqat 2014 yilda baribir o’qishga qayta olgan.
Meril Strip, IQ = 143
Meril Strip bakalavr unvoniga Vassar koledjida ega bo’lgan, keyin Yel drama maktabida magistr unvonini olishga sazovor bo’lgan.
Mett Deymon, IQ = 145
Xususiy maktab bitiruvchisi Mett Deymon Garvard universitetiga o’qishga kirgan, ammo uch yil o’qiganidan keyin o’zini aktyorlik sohasida sinab ko’rishga qaror qilgan.
Devid Duxovniy, IQ = 145
“Maxfiy materiallar” yulduzi ingliz adabiyoti bo’yicha bakalavr unvonini Prinston universitetida, keyin esa – magistr unvonini Yel universitetida olgan.
Natali Portman, IQ = 154
Natali bakalavr unvonini Garvard universitetida olgan, Ierusalimdagi Yaxudiy universitetida o’qigan.U bir necha tillarni mukammal biladi va tinmay o’z ustida ishlaydi.
Sheron Stoun, IQ = 154
Sheron Stoun dastlab Pensilvaniyadagi oliy maktabni bitirib, keyin Edinboro universitetiga o’qishga kirgan. U bu yerni bitirganidan so’ng “tasviriy san’at va badiy adabiyot” mutaxassiligi bo’yicha diplomga ega bo’lgan.
Liza Kudrou, IQ = 160
Liza Kudrou Vassar kolledjini biologiyadan bakalavr unvoni. U otasi bilan birga tadqiqotchi-vrach bo’lgan. Lekin keyinchalik uning hayotini aktyorlik karyerasi o’z ichiga tortib ketgan.
Kventin Tarantino, IQ = 160
Kventin Tarantino! Xoh ishoning, xoh ishonmang – uning oliy ma’lumoti yo’q! Biroq, bu rejissyor haqiqiy daho ekanligi bilan biror kimsa baxslashishga jur’at qila olmaydi! U maktabdan haydalib ketgan, keyin videoprokat do’koniga ishga kirgan. Keyin... mashhur kino rejissyori bo’lib dunyoga tanilgan.
Eshton Katcher, IQ = 160
Eshton Katcher, Ayova universitetini muxandis-bioximik mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan. Shu bilan birga aktyorni “kremniy vodiysi”da ham o’zlarinikilardan deb hisoblashadi, chunki u moliyalashtirish bilan shug’ullangan. U bir necha o’nlab kompaniyalarga o’z ulushini qo’shgan. Ular qatorida Skype, Airbnb, Spotify, Pinterest va boshqalar bor.
Rouen Atkinson, IQ = 178
Rouen Atkinson barcha vaqtlarning eng tanilgan befarosatlaridan biri – mehribon, ammo o’ta soddadil Mister Bin rolini o’ynab tanilgan. Biroq bu timsol uning haqiqiy hayotiga hech qanday aloqasi yo’q: undagi IQ – kino olamidagi balandlaridan biri.Rouen Nyukasl universitetini tamomlagan. U bu yerda elektrotexnikani o’rgangan, lekin keyin akterlik mahorati mashg’ulotlariga og’ib ketib qolgan. Keyinchalik u Oksforddagi Kuinz kolledjida elektrotexnika bo’yicha magistr unvoniga ega bo’lgan.
Сообщения из Facebook