просмотров
Qari kampir yosh juvonga aylandi
Doktor Graza – insonning qarishining sabablarini o’rganuvchi olim, 97 yoshli, ya’ni 1896 yilda tug’ilgan ayolni ko’rganida ko’zlariga ishonmadi. Roza Farone ismli bu ayol yoshiga nisbatan 70 yil yoshroq ko’rinar edi. Ajablanarlisi, u yoshartiruvchi vositalardan foydalanmagan va plastik operatsiyalar qildirmagan edi. Yoshiga qaramay uning aqlu- hushi, zehni va xotirasi joyida edi.
Rozani tekshiruvdan o’tkazganlarida, natijalar hammani lol qoldirdi: ayol organizmi 28 yoshni ko’rsatar edi. Noma’lum sabablarga ko’ra Rozaning organizmi yoshara boshlagan edi.
Sohibjamol pari Sey Senagon
75 yoshli yapon ayoli Sey Senagon gormonal vositalar yordamida davolash kursini o’taganidan keyin, birdaniga o’zgara boshladi. U eri bilan 50 yildan beri nikohda yashab kelayotgan edi, lekin birdaniga uning organizmi yoshara boshladi.
Avvaliga Seyning sochlari qoraya boshladi, so’ngra tushib ketgan eski tishlar o’rniga yangilari chiqa boshladi. Qarilikdagi og’riqlar va ajinlar yo’qola boshladi, bir yildan keyin esa hayz tsikli ham qayta tiklandi. Sey qari eridan ajrashib, yosh yigitga turmushga chiqdi. U hattoki homilador bo’lib, sog’lom farzandni dunyoga keltirdi. Bu yangilik butun Yaponiya bo’ylab tarqaldi. Hamma bu ayolning turmush tarzi bilan qiziqa boshladi: nima iste’mol qiladi, qanday kosmetikadan foydalanadi, qaysi sport turi bilan shug’ullanadi, necha soat uxlaydi va xokazo.
Bu ayolni gerontolog olimlar tekshiruvdan o’tkazdilar va “uning organizmida yangi xujayralarning hosil bo’lishiga xizmat qiluvchi gen bor”, degan xulosaga keldilar. Bu gen ma’lum bir sharoitda onkologiyani ham keltirib chiqarishi yoki tanani yoshartirishi mumkin. Sey bu ketishida yosh bolaga aylanib qolishidan xavotir olmoqda. U 30 yoshda yosharishdan to’xtashni xohlamoqda.
O’rta yoshli kishining yosh bolaga aylanib qolishi
Soso Lomidze kriminal dunyoda taniqli o’g’ri bo’lgan. U 25 yoshida birdaniga yoshara boshladi. Uning oq sochlari qorayib ketdi, bo’yi ham anchagina kichraydi, bora-bora u begunoh yosh boladay ko’rinishga ega bo’ldi. Lekin bu o’zgarishlar uning kriminal dunyodagi o’bro’siga putur yetkazmadi.
Soso boyib ketdi, Moskva chekkasida uy sotib olib, uylandi. Biroq kichraya boshlagan Sosoni erkaklik quvvati tark eta boshladi. U taniqli ekstrasens Junaga murojaat etdi, ammo u bu muammoda unga yordam bera olmadi. Shunda Soso inson morfologiyasi ilmiy-tekshirish instututiga tekshiruvdan o’tdi. Olimlar noma’lum sababga ko’ra genetik dasturda buzilish ro’y bergan, degan tashxis qo’yishdi. Ko’p o’tmay u 9 yoshli bola ko’rinishiga vafot etdi va vatani Tbilisida dafn qilindi.
Сообщения из Facebook