просмотров
Sizning soat 18 dan 24 gacha bo’lgan vaqt oralig’idagi harakatlaringizning ahamiyati nihoyatda katta.
Ko’pgina odamlar ularning karyeralari 8 soatlik ish kuniga bog’liq bo’lib, bor kuch g’ayratni aynan ana shu vaqtga qaratish kerak, deb hisoblaydilar. Ularning fikrlaricha, kelajaklari va karyeralari ishxonadagi xo’jayin va kompaniyaga bo’g’liq ekan.
Ammo haqiqat shuki, odamlarning ko’pchiligida karyera ularning o’zalriga bog’liq.
Professional darajadagi o’sish bizning o’zimizga bog’liq.
Hayotda rivojlanmayotgan bo’lsangiz, bunda ishingizni ayblashingiz to’g’ri emas. Shuningdek, siz ishlayotgan kompaniyangizni ham siz haqingizda qayg’urmayotganlikda ayblay olmaysiz.
Rivojlanishingiz va mukammal bo’lishingiz uchun sizga ba’zi qoidalar haqida ma’lumot beramiz. Bu haqda dunyodagi eng boy xitoylik biznesmen, Alibaba asoschisi Jek Ma gapirib beradi.
Har kecha nima bilan mashg’ul bo’lishingiz g’oyatda muhim
Men “marketing” mutahassisligi bo’yicha kollejni tugatdim, ammo men dizayner bo’lishni orzu qilar edim.
Loyihalashtirish bo’yicha malakamni oshirish uchun kecha-yu-kunduz amaliy ishlar qilardim va uyga qo’shimcha ishlar olar edim. Bu narsa mening ko’p vaqtimni olar edi. Xo’jayin bo’lganimdan keyin, men dizayn bilan shug’ullanmay qo’ydim va marketing sohasiga qaytdim.
Har kecha, farzandlarim uyquga ketganlaridan keyin, men o’qishni va bilim olishni boshlar edim. Bunga ham mening ko’pgina vaqtim ketar edi. Lekin mana mehnatimning samarasini ko’ra boshladim.
Agar men faqatgina ish vaqtida o’z ustimda ishlaganimda edi, hech qachon kreativ direktor va mahsulot bo’yicha menedjer bo’la olmas edim. Va talabalarga hozirgiday marketing sirlari haqida dars bermas edi.
Men bilgan muvaffaqiyatga erishgan insonlarning barchasi huddi men kabi yo’l tutganlar. Bir do’stim tarix fakultetini tugangan edi, biroq u texnika mahsulotlari savdosi bilan qiziqa boshladi. Kunduz kunlari u telemarketing sohasida ishlar, kechki payt esa kodlash dasturlarini o’rganar edi. Oxir-oqibat u savdo kompaniyalaridan birining vitse-prezidenti lavozimigacha ko’tarildi. Hozirda esa u o’sha kompaniyaning texnik direktori.
Yana bir do’stim politologiya sohasida tahsil oldi, lekin u hamisha tadbirkor bo’lishni orzu qilar edi. U kompaniya tashkil qilish bo’yicha juda ko’p izlandi va niyatiga yetdi. Oxir-oqibat u kompaniya yaratdi va uni yaxshigina pulga sotib yubordi.
Bu ikkala do’stimning kelajagini ularning kech soat 6 dan kech soat 12 gacha bo’lgan davrdagi harakatlari belgilab berdi.
Biroq ish bilan turmush o’rtasida ham mutanosiblik bo’lishi kerak. Oilangizga ham vaqt ajratishingiz kerak: agar oilali bo’lsangiz ota-ona, farzand va turmush o’rtog’ingizga ham vaqt ajratishingiz lozim. Asosiysi vaqtdan unumli foydalanishni bilish kerak, uni har xil bo’lmag’ur seriallarni ko’rishga yoki ijtimoy tarmoqdagi bekorchi narsalarga sarflamaslik zarur.
Ko’proq o’qing va izlaning!
Сообщения из Facebook