просмотров
Norvegiyada avtobusda kampirga joy berib balolarga qolib ketish mumkin, chunki uni haqorat qilgan bo‘lasiz! Nima uchun Xitoyda uyning egasi bo‘lgan bekaga gul sovg‘a qilib bo‘lmaydi? Ayiqlar qanchalik aqlli va Angliyada qachon oxirgi bo‘ri o‘ldirilgan? Bu va yana boshqa narsalar bugungi yiqqan ma’lumotlar to‘plamida. Bu yerda butun dunyodan va turli tarixiy davrlardan eng ajyoib va qiziq faktlar yig‘ilgan. Dam olish kunlaridan oldin fikrlash uchun yaxshigina ozuqa.
1. Norvegiyada transport vositasida keksa yoshdagi kishilarga joy berish odat tusiga kirmagan. Chunki bu “odobdanemas”. Hisoblanishicha, bu harakatingiz bilan siz o‘zingizning jismoniy ustuvorligingiz bilan maqtanayotgan bo‘lar emishsiz.
2. Amerika Qo‘shma Shtatlarida restoranda ayol kishi uchun to‘lash ham odat tusiga kirmagan. Bu bilan erkaklar o‘zining moliyaviy ustuvorligini ko‘z-ko‘z qiladi, deb hisoblanadi.
3. Xitoyda uyning egasi bo‘lgan ayolga gul olib borib bo‘lmaydi. Bu bilan mehmonlar bu uyni shu darajada xunukki, bu holni tuzatish uchun ular o‘zlari bilan gul yoki bezak, zeb-ziynatlarni o‘zlari bilan olib keladi, deb hisoblanadi.
4. Nyu-Djersi plyajlarida erkaklar cho‘milish kiyimida paydo bo‘lishi 1937- yilga qadar taqiq ostida bo‘lgan, chunki mahalliy aholi vakillari o‘z plyajlarida “gorillalar”ni ko‘rishni istamagan.
5. Germaniyadagi birinchi sun’iy archalar bo‘yalgan g‘oz patlaridan yasalgan.
6. Santa-Klaus bug‘ularining aksariyatiga erkakcha ismlar qo‘yilgan. Biroq bug‘u erkaklari Rojdestvo bayramiga shoxlarini tashlaydi, shuning uchun ham chanalarni urg‘ochi bug‘ular yoki axtalar tortsa kerak.
7. 1870- yilgacha abort qilishning keng tarqargan usullaridan biri sog‘lom tishni sug‘urib tashlash bo‘lgan. Og‘riq o‘z-o‘zidan yuzaga keluvchi abortning sababi bo‘lib qoladi, deb hisoblangan.
8. Qadimiy Rimda kosmetk jarrohlik amaliyoti qo‘llanilgan. Erkaklar orqasidagi chandiqlardan qutulishga harakat qilgan — bu sharmandalik hisoblangan, chunki, aks holda dushman bilan jang paytida jangchi dushmanga orqasini o‘girib olgan, deb o‘ylash mumkin edi.
9. Shunday hodisalar ma’lumki, ayiqlar qopqonlarga toshlarni olib kelib, qopqon bekilib qolganida xo‘rakni bemalol yeb ketavergan. Ayiq degani - anoyi degani emas!
10. Nayza 1927- yilda Buyuk Britaniya armiyasida rasmiy qurol qatoridan chiqarilgan.
11. Ko‘pchilik dengizchilar bevaqt o‘lim ro‘y berganida o‘zlariga munosib dafn marosimi o‘tkazilishi uchun qulog‘ida oltin sirg‘a taqib yurgan.
12. 1500- yilda Angliyada oxirgi bo‘ri o‘ldirilgan. 1770- yilda - Irlandiyada. 1772- yilda - Daniyada.
13. Buyuk Britaniya flotining qonunlariga binoan o‘lgan odam dengizga dafn qilinishi paytida jasad qopga tikilgan. Inson haqiqatdan ham o‘lganiga yana bir marta ishonch hosil qilish uchun chokning oxirgi baxyasi albatta marhumning lablari orqali o‘tishi kerak bo‘lgan.
Сообщения из Facebook