просмотров
Ana shunday sirlarni birga ochish maqsadida asl vazifasi haqida bilmaydigan buyumlaringiz haqida hikoya qilamiz.
1. Erkaklar ko’ylagining orqa tomonidagi ilmoq
Ushbu savol borasida 3 ta variant mavjud. Ularning birinchisiga ko’ra ilmoq – libosni ilgaklarga ilib qo’yish uchun tikilgan. Ikkinsi versiyaga ko’ra ushbu ilgak o’rnatma yoqa va bo’yin ro’mollari paytidan meros bo’lib qolib ketgan: Balki u bir paytlar erkaklar bo’yinbog’ini mahkamlab qo’yish uchun ishlatilgandir. Uchinchi versiyada esa romantik oshiq haqida hikoya qilinadi. Unga ko’ra Amerika universitetlarining biriga tahsil oladigan yigit sevgan qizi bor ekanligini boshqalarga anglatish maqsadida libosiga ilgak tikib qo’ygan. O’z navbatida qiz ham uning tahsil maskani sharfini hamisha taqib yurishi kerak edi.
Noutbuk shnuridagi silindrsimon soha
Noutbuk yoki fotoapparat bilan ishlaydigan har bir inson uning simida silindrsimon soha bor ekanligini payqagani aniq. Bu juda ham oddiy, ammo muhim qurilma bo’lib,“ferrit filtri” nomiga ega. U quvvatlantiruvchi kabelni turli buzilishlardan himoya qilib turadi. Mazkur filtr konstruksiyasi juda ham oddiy: uning ichida ferrit o’rnatmasi mavjud, sim uning atrofiga halqa shaklida o’rab qo’yilgan.
Samolyot illiyuminatoridagi teshik
Illyuminator ikkita plastik shishadan tashkil topgan. Shishalar orasida havo qatlamidagi keskin bosim farqi hisobiga salon ichidagi shisha yorilib ketishi mumkin. Ushbu kichik teshik bosimni normallshatirish vazifasini o’tab beradi. U orqali havo shishalar orasiga o’tadi va aksincha, salondan tashqariga chiqib turadi.
O’chirg’ichning ko’k rangli tomoni
Istalgan insondan so’rab ko’rishingiz mumkin: “O’chirg’ichning ko’k rangli tomoni nimaga kerak?” degan savolga hamma ham “Ruchkada yozilgan xatolarni o’chirish uchun deya javob qaytaradi.
Avvaliga ko’k rangli soha qalin qog’ozlar ustidagi xatolarni o’chirish uchun xizmat qilgan bo’lsa, qizil soha o’zidan keyin iz ham qoldirib ketgan. Oqibatda ishlab chiqaruvchilar ko’k sohaning o’z vazifasi yo’lida ishlatilmayotganini tushunib, bunga marketing jihatidan yondoshdilar. Ayrim o’chirg’ichlarda ko’k rangli soha ustiga ruchka rasmi chizib qo’yiladi.
Nima uchun erkaklar ko’ylagidagi yuqori ilmoq gorizontal ko’rinishda tikilgan?
Yana bir qiziqarli savol. Ammo bu yerda hech qanday romantikaga o’rin yo’q. Gap shundaki, mazkur sohalarda tugmaning uzilib ketish xavfi juda yuqori bo’ladi. Gorizontal ilmoqda bosim burchak sohasiga tushadi va tugmaning teshik ichidan chiqib ketish ehtimoli kamayadi.
Krossovkadagi qo’shimcha teshiklar nima uchun kerak?
Krossovka va kedalardagi qo’shimcha teshiklarning ham o’ziga hos vazifasi mavjud, sababi ular yetarlicha foydalidir. Ushbu teshiklar oyoqlarni poyabzal ichiga qulayroq joylashishi va oyoq kaftini sport bilan shug’ullanish paytida jarohatlab olmaslikka yordam beradi. Bundan tashqari ular havo aylanishini ham nazorat qilib turadi.
Spagetti qoshig’idagi teshikning vazifasi
Buni haqiqatan dohiyona g’oya deb atash mumkin. Spagetti qoshiqlaridagi teshik quruq makaronni standart portsiyada o’lchash uchun mo’ljallangan. Haqiqatan ham kimdir kichik portsiyaga qanoat qilsa, yana kimdir spagettining ashaddiy ishqibozi bo’lgani sabab butun boshli taomni paqqos tushirishga tayyor bo’ladi. Shu sababli ham o’rtacha miqdorni aniqlab olish uchun ushbu qoshiq juda kerakdir.
Jinsi shimlardagi mitti cho’ntakcha
Fikrimizga,ushbu savol sizga ham tinchlik bermay kelgan. Ushbu cho’ntak ilk bor 1873 yilda Levi’s jinsilarida paydo bo’lgan va cho’ntak soatlari uchun mo’ljallangan. Shundan buyon mitti cho’ntaklar mazkur kompaniya kataloglarida “watch pocket” deya atab kelinadi.
Ruchka qopqog’idagi teshikcha
Balki siz ham ushbu teshik ruchka ichida havo aylanishini ta'minlaydi degan fikrga borgandirsiz. Ammo ommaboplik borasida yuqori natijaga ega bo’lgan ushbu tahmin mutlaqo xatodir. Agar yopiq qopqoq bilan ruchka ustiga bosilsa uning siyohi oqib tusha boshlaydi. Teshik esa ana shu holatning oldini olish uchun o’ylab topilgan.
Liboslarga ilova qilingan mato bo’lakchalari
Odatda ularni libos yirtilib ketsa yamoq solish uchun qo’shib berishgan degan tahmin bilan izohlaymiz. Aniqlanishicha, ishlab chiqaruvchilar ushbu mato bo’lagini libosni tozalashdan avval kir yuvish kukuni va boshqa vositalarning matoga nisbatan qanday ta’sir qilishini sinash maqsadida qo’shib berar ekanlar. Ishonish qiyin, juda-juda qiyin!
Krem tyubiklarining yuqori qismidagi kichik chiziqcha
Balki ushbu chiziqcha krem tarkibidagi kimyoviy moddalar yoki tabiiy mahsulotlarni anglatishi haqida aytarsiz?
Aslida ular shunchaki foto belgilardir va biror ma'noga ega emas. Ularning krem tarkibiga ham, mahsulotlarning foydasiga ham aloqasi yo’q. Foto belgi tyubik maxsus mashinada ishlab chiqarilayotgan payt o’lcham olish uchun kerak bo’ladi. U yorqinlik nuridir va datchik chiziqni tanib olishi uchun qora yoki asosiy fonga qarama-qarshi bo’lgan biror tusga bo’yaladi.
Сообщения из Facebook