просмотров
Ammo agar giperaktivlik va diqqat yetishmovchiligi bo'lgan bolalar jismonan faol bo'lish imkoniyatiga ega bo'lsa, u holda ular diqqatni jamlab, qilinadigan vazifani to'liq bajarishga qodir.
Maktab o'qituvchilari barcha o'quvchilarni baxtli va o'zlaridan qoniqqan holda ko'rishni istaydilar, shuning uchun giperaktiv bolalarni darsni o’zidayoq jismonan yuklash g'oyasi paydo bo'ldi. Buning uchun, ularning stullarini tagiga pedal o’rnatildi.Dars davomida bolalar atrofdagilarni chalg'itmasdan pedalni aylantirishadi.
Bunday sodda eksperiment natijalari nafaqat o'qituvchilarni, balki o’quvchilarni ham hayratda qoldirdi - o'zlarining fikrlarini jamlay olmaydigan va hatto bir joyda yarim soat o'tira olmaydigan bolalarda o’qish ko'rsatkichlari sezilarli darajada yaxshilandi va o'z-o'zini hurmat qilish darajasi o'sdi.
Hurmatli o'quvchilar! Bizda ham shunday usul qo’llanishini xohlarmidingiz?
Сообщения из Facebook