Jaklin Kennedi: Qolipga sig’magan go’zallik
Jaklin Kennedi: Qolipga sig’magan go’zallik
O’z davrining eng mashhur ayollaridan biri, AQSHning sobiq prezidenti Jon Kennedining turmush o’rtog’i Jaklin Kennedi bashanglik va nazokat borasida ko’pchilikka namuna bo’lsa arziydi. Bugungi kunda ham unga o’xshash maqasadida uslub izlovchilar uchrab turadi. Jaklin tabiatan o’ta go’zal bo’lmagan ammo uning sa’y- harakatlari bilan kamchiliklar fazilatga aylana borgan.

1. Ajralib turishdan qo’ramang.

Jaklin bu shiorga bir umir amal qildi. Aynan shu sifat uning uslubini tashkil etardi. E’tiborlisi uslub borasida hech kim unga yordam bermagan. 

2. Yarashiqli liboslarni saralab oling.

Jaklin Kennedi unga yarashmagan libosni hech qachon kiymagan. U bir rangdagi qiziqarli bichimga ega bo’lgan, tugmalar, to’g’nog’ich va romollar bilan uyg’un liboslarni hush ko’rgan. Bunday libos hech qachon urfdan chiqmaydi, deb hisoblardi u. 

3. Keraksiz narsalardan voz keching.

U keraksiz narsalardan osonlik bilan voz kechgan. Xaqiqatdan ham, o’zingiz yoki xonadoningizni bezashga  xizmat qilmagan narsaning nima keragi bor? “Extiyot shart” “sindromi” dan xalos bo’ling.

4. Sevimli ko’rinishni takrorlashdan xayiqmang

Jaklin takrorlashga nisbatan salbiy fikrda bo’lmagan, biroq har bir ayol singari o’zgalardan ajralib turishga harakat qilgan. Biroq bluzka, ko’ylak yoki tufli yarashgudek bo’lsa,uni kiyishda davom etgan. Libos sotib olishda ranglar borasida biroz istiso qilgan, xolos. Jaklin Kennedining 5 ta rangdagi bir il ko’ylagi bo’lgan . 

5. Garderobni yangilang.

Jaklin biror ko’rinishda omma oldiga chiqsa, Amerika ayollarining yarmi huddi shunday libosda namoyon bo’lishgan. Shuning uchun Kennedi honim o’z ko’rinishini tez-tez o’zgartirib turishiga to’g’ri kelgan.

6. Taqinchoqlarga ro’ju qo’ymang.

U qimmatbaho taqinchoqlarni faqat kerakli joylardagina taqqan. Jon Kennedi va Oq uy mehmonlari unga son –sanoqsiz bezaklar hadya qilgan bo’lsa-da, omma oldiga turli taqinchoqlarsiz chiqishni afzal bilgan. Xaqiqiy go’zallik – qalb go’zalligi deya hisoblardi u.

7. Liboslarni uyg’unlashtiring.

Jaklin Kennedi noodatiy tarzda uyg’unlashtirish ishqibozi bo’lgan. Dizaynerlar tomonidan ishlab chiqilgan liboslarni oddiy futbolka bilan uyg’unlashtirganida, dizaynerlar e’tiroziga javoban: bu ishni men qilmasam odatlaringizni kim o’zgartiradi deya jilmayganedi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook