просмотров
Qattiq jahlingiz chiqqanida o’zingizni boshqara olasizmi? Bu borada quyidagi tavsiyalar sizga qo’l kelsa ajab emas.
1. Diqqatingizni bir joyga jamlang. Chuqur nafas olib huddi shu tarzda nafas chiqaring. Shoshilmang, organizmingizga havo qanday kirib chiqayotganini his qilishga harakat qiling. Buni og’zaki ravishda so’z bilan tasvirlashingiz mumkin.
2. Burun va lab burchagini topishga urunib ko’ring. Ularning orasida joylashgan nuqtaga bosh barmoq bilan bosim bering.
3. Iyak o’rtasida joylashgan nuqta ham ajoyib hususiyatga ega. Uning bir tomonini muloyim harakatlar bilan 8-10 marta bosing. So’ngra ushbu mashqni iyakning ikkinchi tarafida bajaring.
4. Barmoq uchlarida ham nuqtalar joylashgan. Barcha barmoqlarni navbati bilan shoshilmasdan uqalang.
5. Agar uyda bo’lsangiz, xonangizga qamalib olgancha yostiqqa bir necha bor zarba berishingiz aniq. Ana shu zarbalarga barcha alam, jahl va og’riqlarni singdirishga harakat qiling. Musht bilan humordan chiqquncha zarba beravering. Faqat oshirib yubormang, jarohatlanishingiz ham hech gap emas.
6. Qo’lingizni suvda bir muddat tutib turing. Suv barcha g’uborlarni oladi.Agar ko’chada bo’lsangiz, biror daraxtga yaqinlashib kaftingizni tuting. Undan hayot quvvatini olib yomon hissiyotlardan halos bo’ling.
7. Bino ichida bo’lsangiz ko’chaga chiqishga imkon toping. Ochiq havoda qilingan sayr sizni tetiklashtiradi. Sayr mobaynida o’zingiz sevgan narsalar, deylik, sevimli filmingiz, tug’ilgan kuningiz, do’stlaringiz bilan bo’lgan uchrashuv kabi qiziqarli voqealarni yodga oling. Yoki turmush o’rtog’ingiz va farzandlaringiz haqida o’ylang.
8. O’z hayollaringizni namoyon etishga urinib ko’ring. Misol uchun dugonangizga nimalarni his qilayotganingiz haqida gapirib bering. Buning uddasidan chiqa olmasangiz, ichingizdagi bor g’uborlarni qog’ozga tushiring.
9. Jismoniy mashqlar bajaring. Tushkunlik sizni tark etadi, qomatingiz esa yanada go’zallashadi.
Shuningdek: xotirjamlikka erishish uchun shirinliklar bilan choy ichishingiz, sevimli jonivoringiz bilan o’ynashingiz, dush qabul qilib, sevimli musiqangizni tinglashingiz ham mumkin.
Сообщения из Facebook