просмотров
Ozodlik uchun kurash
Germaniyada qamoqdagi mahbusning qochishga urinishi jazolanmas ekan. 1880 yilda sud mahbuslarning qochishini – ozodlikka intilish, deya baholadi, bu esa insoniylikning asosiy instinktlaridan biridir. Ammo shuni aytib o’tish kerakki, qo’lga tushgan qochoqlar baribir aralash ayblovlar bilan jazolanadilar, bular: mol-mulkka zarar yetkazish (masalan, reshotkalarning arralanishi), o’g’rilik (axir qochoq qamoqxonaning kiyimida qochadiku), zo’ravonlik (agar mahbus qochish jarayonida qo’riqchilarga tajovuz qilsa), poraxo’rlik.
Arvoh bergan guvohlik
1897 yilda AQSH da Zona Xister ismli ayol o’z uyida o’lik holda topildi. U uyda turmush o’rtog’i Edvard Shu bilan birga yashar edi. Dafn marosimidan keyin Zonaning onasi politsiyaga murojaat qilib, uning huzuriga qizining arvohi kelganini, u eri tomonidan bo’g’ib o’ldirilganligini va bo’yni ham singanini aytgan. Marhumaning onasi politsiyachilarni jasadni qayta qazib olib, boshqatdan tekshiruv o’tkazishga ko’ndirdi. Tekshiruv natijalari Zonaning onasi haq ekanligini ko’rsatdi, marhumaning bo’yni haqiqatdan ham singan hamda unda barmoq izlari bor edi. Tez orada Edvard hibsga olindi va uzoq muddatga qamaldi.
Tergovni chalkashtirgan dalil
1993 yildan boshlab Germaniya, Frantsiya va Avstriya hududlarida 40 ta bir-biri bilan qandaydir bog’liq bo’lgan jinoyatlar sodir bo’lgan, ulardan 6 tasi qotillik. Gap shundaki, jinoyat joyi yoki qurbonlarning tanalarida bir ayolning DNK namunalari aniqlanavergan.Biroq politsiya bu jinoyatlar o’rtasidagi bog’liqlikni hech ham aniqlay olmagan – turli yo’l bilan o’ldirilgan turli qurbonlar, jinoyat joylari bir-biridan juda uzoqda. Qanaqasiga? Oradan 16 yil o’tgandan keyingia bu jinoyatlar bir-birlari bilan haqiqatdan ham bog’liq emasligi tasdiqlangan. Aniqlanishicha, jinoyat joyida DNK tahlIlini o’tkazish uchun paxta tayoqchalari orqali namunalar olingan, Avstriya fabrikalaridan birida ishlab chiqarilgan ushbu paxta tayoqchalar esa qadoqlash jarayonida qadoqlovchi ayolning DNK si bilan zararlangan bo’lgan ekan.
Сообщения из Facebook