просмотров
Axir bu mittigina xona to’laqonli kabinet bo’lib qolishi mumkin! Quyida ivirsib ketgan omborchani aqliy mehnat uchun juda qulay joyga aylantirishning 17 ko’rgazmaviy namunasini to’plab hukmingizga havola etmoqchimiz.
1. Chuqur omborcha
Omborchani qayta jihozlashga kirishishdan avval, birinchi navbatda uni hamma narsadan bo’shatib, kattaligi va chuqurligini o’lchab olish kerak. Agar omborcha foto namunadagiday sig’imligina bo’lsa, unda bemalol deyarli butun bir xonani jihozlash mumkin. Bu omborchaning devorlarini to’q kulrang tusga bo’yab chiqilsa, bu shu burchakka juda uslubiylikni, maxfiylik va yolg’izlik muhitini bahsh etadi. Ustun shaklidagi taglikka ega bo’lgan mo’jazgina stolda ishchi kompyuterni, bir necha taxta tokchalarda esa kitoblar bilan hujjatlarni joylashtirish mumkin.
Kulrang tusdagi keng kabinet
2. Minimalizm
Xatto eng kichgina omborchani ham juda qulay ish joyiga aylantirsa bo’ladi. Birinchi navbatda oboylarni tanlang. Buning uchun eng avvalo bo’shliqning ancha kengroq qilib ko’rsatadigan yorqin va pokiza tuslar juda mos keladi. Mebeldan bir necha taxta tokchalar kerak bo’ladi. Bu tokchalarning biri stol vazifasini bajaradi. Shu bilan birga bu yerda juda qulay o’rindiq va yoritish moslamalari o’rnatilsa bas.
Minimalizm uslubidagi ish joyi
3. Ayollar idorasi
Omborchaning o’rnida ishchi joyni jihozlashda o’z didingizni hisobga oling. Shuni esda tutingki, bu joyning interyeri kelgusida sizning ishingiz va kayfiyatingizga bevosita ta’sir qiladi. Masalan, ayollar mini-idorasining devorlarini gulli bezaklar tushirilgan yoppa pushti oboylar bilan qoplash mumkin. Interyerni oppoq taxta tokchalar, chiroyli qutichalar va yorqin aksessuarlar bilan to’ldirish mumkin. Agar bu joy o’ta kichgina bo’lsa eshikning o’rniga tarang parda o’rnatilgani afzalroq.
4. Ergonomik usul
O’ta kamtarin xonadonlarning egalari uchun begona ko’zlardan darrov yashirish imkoni bo’lgan funksional ishchi joyni yaratish g’oyasi juda ham ko’ngliga mos kelsa kerak, albatta.Bu istakni amalga oshirish uchun omborcha bo’shlig’ini to’laligicha egallaydigan tortma taxta tokchalar yordam beradi. Bu tokchalarda kompyuter, hujjatlar va boshqa idora texnikasini joylashtirsa bo’ladi. Ishni boshlash uchun esa faqat eshikni ochib taxta tokcha-stolni tortib chiqarish va uning oldiga stul qo’yish kerak bo’ladi xolos.
Tortma stolli ishchi joy
5. Elegant idora
Kichik omborchada tashkil etilgan ichshi taxta tokcha-stol, saqlash tizimi va ochiq holatda improvizatsiya tarzida, ya’ni tayyorgarliksiz vujudga keluvchi devorlar vazifasini bajaruvchi yig’iluvchan eshikli yorqin ishchi joy. Marhamat, eshiklarni ikki chetga surish bilan ochib, stul qo’ysangiz bo’ldi. Ham chiroyli, ham samarali va eng asosiysi – juda qulay.
Yig’iluvchan eshikli elegant idora
6. Funksional bo’shliq
Katta omborcha faoliyat uchun kattaroq maydon. Savod bilan yondoshish bunday bo’shliqni mukammal bir idoraga aylantirib yuborishga qodir. Bunday noandazaviy bo’shliqni jihozlashga buyurtma bo’yicha tayyorlangan burchak garnituri yordam beradi. U o’rnatilgan torma g’aladonli ihcham stol, poldan shiftgacha bo’lgan stellaj, devoriy shkaflar va tokchalardan iborat bo’lishi mumkin.
Omborcha ichidagi mukammal idora
7. Jo’shqinlik uslubidagi ish joyi
Katta bo’lmagan omborchani olov rang devorli, ensiz stol ochiq taxta tokcha va bir necha suratlarga ega jo’shqin ish joyiga aylantirishning ajoyib namunasi. Bunday boyitilgan interyer, shubxasiz, o’z egasiga yaxshi kayfiyat va quvvat bahsh etib, o’ta samarali mehnatga beihtiyor undaydi.
Olov rang devorlarga ega jo’shqin xonaki idora
8. Saranjom-sarishta mini-kabinet
Qo’lbola stolchali va turli mayda narsalar uchun ikkita taxta tokchali mittigina oppoq kabinet–oddiy andazaviy kichik omborchadan nima qilish mumkinligining yorqin namunasi. Bu kabi ishchi joy ijodiy shaxsga juda ham mos va uni mardona va samarali mehnatga, qolaversa, yangi g’oyalar sari intilishga undaydi.
Mittigina oppoq kabinet
9. Yashirin bo’shliq
Kichkina omborchada idora texnikasini yashirib qo’yish, shuningdek yozuv stolini qo’yish ham mumkin. Shunday qilib, siz zerikarli idora texnikasidan uyni holi etib ishva uyni ajratib qo’yishingiz mumkin.
Omborchaning eshigi ortidagi ajoyib ishchi joy
10. Zamonaviy kabinet
Devorlardagi grifel taxtasi, o’ziga xos yog’och tokcha-stoli, ko’tariluvchi o’rindiqli pufik kabi butlovchilari bor kichgina kabinet –o’ta kichik omborchani juda puxta o’ylangan va savod bilan foydalanishning yorqin misoli.
Zamonaviy uslubdagi mini-kabinet
11. Ulkan stellajlar
Kichik bo’shliqlar to’g’risida gap ketganida eng qiyini mebel bilan saqlash tizimini tanlash. Shu tufayli, omborchadagi idora uchun poldan shiftgacha bo’lgan stellajlar juda mos keladi.
Shiftgacha bo’lgan stellajlar
12. Sirli xona
Zinapoyali xususiy uylarning egalari u yerlarda kichik yordamchi xonachalarni tashkil qiladi. Vaqt o’tib bunday xonani ihchamgina stolli va taburetli mo’jazgina ishchi joyga aylantirish mumkin.
Zinapoya ostidagi sirli xona
13. Yorqin funksional xona
Tor xonadagi ko’m-ko’k oboylar to’la quvvatli yozuv stoli va hujjatlar uchun taxta tokcha bir baytlar omborcha bo’lgan.
Eshiklar ortidagi yorqin funksional kabinet
14. Klassik uslub
Avval omborcha egallagan taxmonda joylashtirilgan stellajlar, P-simon stolga ega klassik uslubdagi chiroyli kabinetning noan’anaviy ko’rinishi.
Klassik uslubdagi kabinet
15. Asimmetrik bo’shliq
Kerak bo’lmagan omborchadan foydalanishning yana bir varianti –eshiklar demontaji va taxmonda kichgina kabinetni joylashtirish. Mittigina yig’ma stol va o’ziga xostaxta-tokcha bu joyni juda shinam va qulay qiladi.
Zinapoya ostidagi nostandart ishchi joy
16. Rangning chayqalishi
Eshiklardan qutilib, yorug’lik qo’shib va devorlarni yorqin va quvnoq ranglarga bo’yalganidan so’ng yarim metrli omborcha juda qulay xonaki idoraga aylanadi.
Sariq devorli idora
17. Yarim dumaloq kabinet
Bu yarim dumaloq taxmon ichidagi o’ziga xos uslubiy ish joyi, bir vaqtlar foydasi kam bo’lgan omborcha bo’lgan. Kosmetologiya sohasidagi shifokorlar bo’lgan xonadon egalari eshiklarni olib tashlagan holda bo’shliqning chegaralarini jinday o’zgartirib, sifatli tashqi ishlov berdilar va natijada dizaynerlik mini-idorasi vujudga keldi.
Сообщения из Facebook