Kamerali kvadrokopterlar haqida nimalarni bilasiz?
Kamerali kvadrokopterlar haqida nimalarni bilasiz?
Allaqachon jonga tekkan radioto’lqinlar orqali boshqariladigan mitti samolyotlar hamda vertolyotlar o’rniga bugungi kunda yangi ixtiro radioto’lqinlar oрqali boshqariladigan kvadrokopterlar vujudga keldi. Bu moslama aslida nima o’zi? Muxandislik chizmalar nuqtai nazaridan qaralganida bu apparat vertolyotning o’zginasi, faqat u to’rt tomonda kuchli ishchi parraklar bilan to’ldirilgan.

Bugungi kunda bunday moslamalar mislsiz turli ko’rinishlarda mavjud. Assortiment yangi foydalanuvchiga ham professional foydalanuvchiga ham a’lo variantlarni tanlab olish imkonini tug’diradi. Keng va puxta o’ylab chiqilgan vazifalar funksionalli boshqarishni osonlashtirib parvozdan imkon bor darajada lazzatlanish imkonini yaratadi.

 

Eng avvalo ishlab chiqaruvchilar tomonidan vertolyotga nisbatan ancha qulayroq va mukammalroq aerodinamik xususiyatlariga e’tibor qaratilgan. Shu bilan birga yaqin vaqtlarga qadar fentezi janridagi badiiy filmlar uchun futuristik g’oyadan boshqa hech narsa emas deb hisoblangan juda qiziq qurilmaviy shaklining ham o’z salmoqli o’rni bor. Bugungi kunda mobil uchish apparatlari deyarli hamma uchun kerak bo’lganda foydalaniladigan oddiy bir buyum.

Ko’pchilik kamerali kvadrokopterlarni harid qilishni orzu qiladi, chunki bu moslama bir qator so’zsiz imtiyozli qulayliklargan ega:

Kopter turli shikastlanishlarga ancha chidamliroq, chunki u pastga qulab tushish yoki shu kabi favqulodda hodisalar uchun mukammal himoyaga ega.

Foydaliligi:

- 4- parrakning mavjudligi katta aerodinamik kuchni ta’minlash imkonini yaratib beradi;

- parvoz paytida tebranishlarning yo’qligi: parraklarning qulay kattaliklari tufayli bir maromdagi parvoz ta’minlanadi, bu juda muhim va ayniqsa uchish aparrati suratga olish kamerasi bilan jihozlangan paytda;

- parvoz paytida maksimal imkondagi mo’tadilik: kvadrokopter bir soniyaga 17-20 metrgacha bo’lgan shamolning birdan kuchayishiga qarshi bemalol tura oladi. Uning masofadan boshqarish pultidan jo’natilayotgan signallarga javob berishi a’lo darajada.

Doimo kichik kamera bilan jahozlanadigan zamonaviy kvadrokopter maxsulotning ommabopligiga qaraganda juda qimmat bo’lmagani bilan hayratda qoldiradi. U o’ziga xos “uchuvchi”ning kabinasidan boshqarilishi mumkin. Bunday ajoyib ko’ngilxushlik bugungi kunda nafaqat bolalar, o’smirlar va talabalar, balki kattalarga ham juda yoqadi. Uchar kvadrokopterlarning foydalanish doiralari mislsiz ko’p: bu keng manzaralarning oddiy suratga tushirishidan tortib to sirli ravishdagi josuslikkacha har qanday harakatlar bo’lishi mumkin.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook