просмотров
Statistik ma’lumotlarga ko’ra, har bir inson o’rtacha hisobda yiliga 80 kg kartoshka iste’mol qilar ekan. Kartoshka tarkibida ko’p turdagi mikroelementlar, B guruhidagi vitaminlar, A, C, U, PP vitaminlari, kaliy, ruh va magniy moddalari mavjud. Shuningdek kraxmalga boyligi sabab organizmga quvvat bag’ishlaydi, a’lo darajada to’yintiradi.
Kartoshka yurak va buyrak kasalliklaridan aziyat chekuvchi insonlar uchun tavsiya etiladi. Uning sharbati qabziyat va gastritni davolashda qo’llanish bilan birga,oshqozon yaralarini bitishiga ham yordam beradi.
Kartoshka qaynayotgan suvga solinsa, uning tarkibidagi C vitamin ko’proq saqlanib qolinadi.
Po’sti bilan pishirilgan kartoshka eng foydali hisoblanadi. Agar sabzavot yangi kavlab olingan bo’lsa, uni hatto po’sti bilan ham yeyish mumkin.
Salat uchun kartoshkaning qattiq navini ishlatish lozim.
Sovuq kartoshkadagi glikemik indeks issiq kartoshkaga nisbatan pastroq bo’ladi. Shu sabab ortiqcha vazndan halos bo’lishni istaganlar uchun uni sovuq tarzda iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Qishda kartoshkaning po’stini tozalab tashlash zarur - uning ostida ko’p miqdorda zararli moddalar yig’ilgan bo’lishi mumkin.
Uzoq vaqt davomida saqlangan kartoshkani faqatgina qaynatilgan va tozalangan holda iste’mol qilish lozim.
Kartoshka yuqori kaloriyali mahsulot sanalgani sabab, dietologlar kuniga 200 grammgacha,haftada esa 2-3 kun davomidagina kartoshka tanovul qilishni maslaxat beradilar.
Сообщения из Facebook