просмотров
1. Qo'y
Dangasalik qilmang!
Bu yil barchasi o’zingizga bog’liq bo'ladi. Shuning uchun, siz qancha eksangiz,shuncha ko'p hosil olasiz. Siz o'zingizni ayysangiz, hech narsa qilmasangiz – mo’jiza kutish befoyda, agar urinib ko'rsangiz, ko’p mehnat qilsangiz - qilingan mehnatingiz yuz baravar ko'payadi.
2. Buzoq
Yaxhilik qidiring!
Ko'p qiyinchiliklar bo'ladi, bunga tayyor turishingiz kerak, ammo barcha qiyin davrlar foyda keltiradi. Asosiysi, uni ko'ra bilish va pessimizmga taslim bo'lmaslik.
3. Egizaklar
O’ylang!
Bu yil shoshilishning hojati yo'q, poyga sizni yaxshilikka olib kelmaydi. Omad sizga hamroh bo'ladi, lekin aqlliroq, donoroq bo'ling, aks holda siz hamma narsani barbod qilasiz. Puxta o’ylasamasdan harakat qilmang!
4. Qisqichbaqa
O’zgarishlardan cho’chimang!
Siz o'zgarishlardan juda qo'rqasiz, biroq eski narsalardan porloq kelajak uchun vaqti-vaqti bilan voz kechishingiz kerak. O'zingizga ishoning va “Sichqon”sizga albatta yordam beradi.
5. Arslon
Quvoning!
Siz kelayotgan sichqon yilining eng yoqimli burjlar qatoridasiz, shuning uchun boshlagan barcha ishlaringiz muvaffaqiyatli bo'ladi.
6. Parizod
Seving!
Sizning kuchingiz muloqotda, odamlarga muhabbatda. Odamlar bilan til topishing va sevgingizni uchratishga tayyor turing.
7. Tarozi
O’lchang!
Bu yil ustuvorliklarni to'g'ri belgilash eng muhim hisoblanadi. Siz birdaniga hamma narsaga erisha olmaysiz, shuning uchun siz uchun haqiqatan ham muhim bo'lgan narsalar to'g'risida o'ylab ko'ring.
8. Chayon
Tavakkal qiling!
Yil zerikarli edi, lekin oldinda juda qiziq, yangi va yorqin voqealar kutilmoqda.Zavqli hayotga sho’ng’ing, qo'rqmang, dadil bo'ling.
9. O’qotar
Dam oling!
O'zingizga dam olish uchun sharoit yaratishingiz kerak, aks holda siz tezda nolga tushasiz. Agar siz bo'sh vaqtingizni va dam olishingizni sifatli tashkil qilmasangiz,sog’lig’ingiz buzilishi mumkin.
10. Qovg’a
Taslim bo’lmang!
Bu yili o’zingizni qolga olishingiz kerak bo'ladi, aks holda to'siqlarni yengib o’tolmaysiz. Umuman olganda, sichqon sizning qat'iyligingizni albatta qo'llab-quvvatlaydi, shuning uchun siz taslim bo'lolmaysiz.
11. Tog’ echkisi
Qo’rqmang!
Sizning qo'rquvingiz sizga halaqit beradi, agar siz fobiyalaringizni yengib o’tolmasangiz, orzularingizni bekor qilishga to’g’ri keladi. O'zgarish yaxshi tomonga bo'ladi, bir qarorga keling!
12. Baliq
Oling!
Oxir oqibat siz o'zingizning harakatlaringiz uchun mukofotlanasiz - ilgari qilingan barcha yaxshiliklar sizga ko'p miqdorda qaytadi, ammo bu yomonlikka ham ta’luqli - bumerang shafqatsiz bo'ladi.
Сообщения из Facebook