Hatto eng kichik bo’lgan hammomni ham shinam va qulay yuvinish xonasiga aylantirish mumkin. Sizdan talab etiladigan narsa interyer dizayniga ahamiyat berish joylashuvdan to’g’ri foydalanishdir. Kichik hammomda kerakli buyumlarning barchasini qanday joylashtirishning eng muvaffaqiyatli namunalarini e'tiboringizga havola etamiz!
Yuvinish xonasida eshik shishali bo’lsa, hammomga yorug’lik qo’shib makonni vizual ravishda kengaytiradi.
Katta hajmdagi xammomning o’rniga burchakka kichik dush xonasini o’rnating.
Burchakli vanna joyni tejashi amalda isbotlangan.
Yorqin dizayn makonni jonlantiradi va kengaytiradi. Shunday ekan yuvinish honasi uchun hech ikkilanmay och ranglarga yuzlaning.
Yuvinish xonasidagi elementlarni burchakka joylashtirish orqali xona kengliga erisha olasiz.
Kichkina xona uchun o'tiradigan hammom yaxshi tanlovdir.
Agar siz vannadan voz kechsangiz, keng dush foydasiga joy tejashingiz mumkin
Burmali elementlar va retro uslubidagi dizayn har qanday yuvinish honasini shoxona ko’rinishga keltira oladi
Сообщения из Facebook