просмотров
Insoniyat tarixidagi ilk tushlar ko’zlar uchun o’ta xavfli hisoblangan- qorakuya va yog’ aralashmasidan tayyorlangan. Bir necha ming yillardan so’ng ushbu pardoz vositasi yunon ayollarining bisotida paydo bo’la boshladi.
Keyinchalik qadimgi Rimda biroz suyuqroq tarkibga ega vosita ixtiro qilindi: kipriklar suv va tuyilgan qo’rg’oshin aralashmasi bilan bo’yala boshlandi. Bunday go’zallik ayrim oqsuyaklarga ko’rish qobiliyatining yo’qotilishi bila ta’sir etgan bo’lsada, ushbu xatarli vositaga bo’lgan talab aslo kamaymadi. Rim imperiyasi qulashi bilan qo’rg’oshin haqida bir oz unutilganday bo’ldi.
Zamonaviy ko’rinishdagi ilk tush o’z singlisini jondan sevgan aka tomonidan o’ylab topilgan. Terri Uilyamsning singlisi kalta va siyrak kipriklaridan aziyat chekardi. U aynan shu kamchilik tufayli unga hech kim e’tibor bermaydi deb hisoblardi. Terri qorakuyani vazelin bilan aralashtirib, olamshumul shuxratga sazovor bo’ldi. Ushbu yangilik singlisiga ma’qul kelib tez orada unga mashxurlik keltirdi. Kompaniya Terri Uilyamsning singlisi sharafiga Maybelline deya ataladi.
Tez orada ushbu kompaniyaning eng ashaddiy raqobatchisi – Max Faxtorning tush tarkibiga mum kiritishi kipriklarning yanada jilokor bo’lishiga yordam berdi. Suvga chidamli birinchi tush 30 – yillar oxirlarida Elene Rubinshteyn tomonidan o’ylab topilgan.
Сообщения из Facebook