Ko’mir uchun fen, harorat datchiklari va eng mazali shashlikni pishirish uchun zarur boshqa ixtirolar...
Ko’mir uchun fen, harorat datchiklari va eng mazali shashlikni pishirish uchun zarur boshqa ixtirolar...
Issiq kunlarning boshlanishi bilan ichimizdagi ko’pchilik ochiq havoda dastlabki shashliklarni pishirish to’g’risida o’ylanib qoladi, ko’mir hozirlaydi, ziravorli sirkamoylarning tayyorlash usullarini eslaydi va balkon bilan omborxonalarga joylangan sixlarni izlab topadi.

Biz esa sizlarga shashlik pishirishni yengillashtiruvchi va yanada yoqimliroq mashg’ulotga aylantiruvchi turli vositalar hamda usullar to’g’risidagi ma’lumotlarni tayyorlanganmiz.

1. Hayratomuz sixlar dunyosi

1. Hayratomuz sixlar dunyosi

Tinmay tutunyutib, o’zining hushchaqchaq do’stlari davrasidan uzoqlashib ketgancha go’shtningbir maromda pishirilishini diqqat bilan nazorat qilish joniga tekkanlar uchun mustaqil ravishda aylanadigan sixlar va elektr motoriga ega bo’lgan butun boshli qo’ralar o’ylab topilgan. Sixlar ihcham, yengil va bir necha soat tinmay aylantirishga yetadigan batareykali elektr motor yordami bilan ishlaydi.

Elektr motorli qo’rani sotib olish yoki xatto eski shashlik qo’rasi, velosipedning yulduzchalari va motosikl zanjiridan foydalangan holda o’z qo’llaringiz bilan ham tayyorlashingiz mumkin. U oziqlanish bloki yoki o’zgaruvchan kuchlanishdagi elektr toki tarmog’idan ishlay oladi.

Egiluvchan sixlar go’shtni panjarada yoki grilda tayyorlash uchun juda mos keladi. Ular kabob qo’rasidagi joyni yaxshigina tejaydi va marinad, ya’ni ziravorli sirkamoy uchun istalgan maxsus idishga bemalol sig’adi.

Gohida go’sht uchun "qilichlar" yetmay qolishi mumkin. Bog’ yoki polizda har doim bir necha shoxchalarni topib, tozalab ulardan six o’rnida foydalansa bo’ladi. Biroq, ular shashlik og’irlig ibilan egilib ketsa, yoki bu "sixlar" o’zidan yelim ajratsa-chi? 

Ma’lum bo’lishicha, sushi taomi uchun tayoqchalar kabi alohida qadoqlangan bir marta ishlatiladigan yog’ochli sixlar mavjud ekan. Ular ekologik sixlar bo’lib, qayin daraxtidan tayyorlanadi - demak, yuqori haroratni ko’tara oladi va taomni ularning o’zida dasturxonga bemalol tortsa bo’ladi, chunki sixdan kuyib qolish ehtimoli umuman yo’q. 

Bundan tashqari, yog’ochli sixlarni ovqatlangandan keyin uyga olib ketish va yuvishning zarurati ham mavjud emas: ular yoqib yuborilishi yoki tabiy usulda tez chirib ketish xususiyatiga egaligi uchun qo’rqmay yerda qoldirib ketsa bo’ladi. 

2. Harorat datchiklari

Bu moslama shashlikni chala pishirilishi yoki qovurilgan go’sht bo’lagini qotirib yuborishning oldini olishga yordam beradi.Datchiklar sanchqi va qisqichlarning dastaklariga o’rnatilgan: go’shtga tekkan paytida ular bo’lak ichidagi haroratni va to’liq tayyor bo’lishi uchun qancha vaqt qolganini aniqlaydi, shuningdek sular to’g’risidagi ma’lumotni kichik ekranda ko’rsatib beradi.

Qovurish darajasinibetinim kuzatish uchun bitta yoki bir necha go’sht bo’laklari uchun mo’ljallangan moslamalar ham mavjud. 

Cho’plar to’plamiga ega bo’lgan bu aqlli datchik vaqtingizni tejaydi: har bir go’sht bo’lagi kerakli tarzda qovurilishini nazorat qilib, hammasi tayyor bo’lganidan keyin shundan darak beruvchi tovush taratib signal hosil qiladi.

3. Maza beruvchi qo’shimchalar

Shashlikning tuziniva qalampir me’yorini yetiltirish paytida qo’llarni ochiq alangadan himoyalash uchun uzunlashtirilgan dastaklardagi ziravorlarga mo’ljallangan maxsus idishlar yordam beradi. Mana buni haqiqiy beminnat dastyor tayoqcha deya atash mumkin.

Tabiiyki, mazaxo’r shinavandalarni himolay tuzining plitkasi qiziqtirsa kerak. Unda istalgan turdagi go’sht va baliqni qovurish mumkin. Bu taomga nozik ta’m va muattar hidbaxsh etadi. Biroq, bildirilgan fikrlarga ko’ra, unda tayyorlangan savzavotlar o’ta sho’r bo’lib ketadi.

4. Panjaralar va tagliklar

4. Panjaralar va tagliklar

Panjara paranda, baliq, go’sht bo’laklari va shunchaki ko’p miqdordagi go’shtni tayyorlash uchun asqotadi. Ular cho’yandan,  zanglamas po’lat yoki temirdan tayyorlangan bo’lishi mumkin. Cho’yan o’ta mustahkam bo’lib, uzoq muddat xizmat qiladi, issiqni yaxshi saqlaydi (shu tufayli go’sht bo’laklari uchun a’lo darajadagi tanlovdir), biroq og’ir va qimmat sanaladi. 

Temir esa zanglab ketmasligi uchun doim o’ziga alohida e’tiborni talab qiladi. Shuning uchun ham nikellangan yuzali zanglamas po’lat - eng keng tarqalgan va arzon materialdir. Panjarani tanlashda uning shakliga, asoslari va qizib ketmaydigan dastagining bor yoki yo’q ekanligiga e’tiboringizni qarating.

5. Yoqamiz!

O’t oldirish uchun hozirgi paytda suyuqliklar, gellar, briketlar, uzoq yonuvchi gugurtlar kabi turli ko’rinishdagi vositalar sotilyapti. Ular an’anaviy gazetalar, payraha va yog’och qipigi o’rnini bosish uchun xizmat qiladi. Taomni buzib qo’ymaslik maqsadida ular orasidan zaharli bo’lmagan va dudlamaydiganlarini tanlab oling. 

Tutantiriq uchun suyuqliklardan foydalanishni istamaganlar uchun esa ko’mirlarni o’t oldirish uchun xavfsiz fen ixtiro qilingan. U qizdirilgan havo oqimini yo’naltirib ko’mirni alangalantiradi.

6. To’liq aslahaxona

Tajribali qo’rachi kabobpazning aslahaxonasida maxsus kurakcha, sanchqilar, qisqichlar va yog’ surtish yoki ortiqcha yog’ni bartaraf qilish uchun popukcha ham topiladi. Biroq, unga go’sht uchun tamg’a sovg’a qilsangiz, uni albatta hayratda qoldirishingiz mumkin. 

Bu tamg’ayordamida oshpaz go’sht bo’lagida o’z yaqinlariga beg’araz hazilona ibora, tug’ilgan kun aybdori uchun tabrik yoki o’zining "dastxatini"  qoldirishi mumkin.Qo’ra uchun yog’och dastakli shinam temir kosov ko’mir bo’laklarini bir tekis yonishi uchun surishga yordam beradi.

7. Foydali yuzalar

Ob-havo birdan o’zgarib qolganda qo’ra uchunsoyabon sizni ham, taomlaringizni ham maydalab yog’adigan yomg’irdan qutqaradi. Qaytarma stolcha maxsulotlarning olovdagi pishirish jarayoni va undan muvaffaqiyatlio’tgandan keyin ham juda foydalidir. 

O’tinlar uchun taglik esa sarishtalikni sevuvchi  insonlarni juda xursand qiladi. Buning ustiga ushbu zamonaviy jihoz mo’rchadaham, uyning ichidagi kaminning oldida ham asqotadi.

8. Qo’shimcha vaqt

Agar bolalaringiz taomni kutgan paytda biroz qorni ochib qolsa popkorn tayyorlash uchun idish sizga yordam berishi mumkin. Bir shingil jo’xori yoki qo’rada pishirilgan bodroqni tatib ko’rishdan kattalar ham bosh tormaydi - ochiq havoda esa ishtaha tez uyg’onadi.

Qo’raga Markaziy Osiyodagi ommabop tovani qo’yib, uning o’ziga xos shakli xisobiga ko’p jarkop,go’sht yoki sabzavotlardan ragu tayyorlashingiz mumkin. Buning uchun eng mos keladigani – cho’yan tovadir. Uning tubini ag’darib kulcha yoki lavash pishirishingiz ham mumkin. Yangi pishiriq esa sayringizdagi tanovulni yanada jozibaliroq qiladi.

9. Dudlash

 

Tutunda dulangan go’shtni yoqtirasizmi? Unday bo’lsa uni panjaraning o’zida zar qog’ozdan yasalgan bir martalik dudlagich yordamida tayyorlash moslamasi yoki qo’shimcha panjara bilan qopqoqli qo’ra sotib olish mumkin.

Dudlovchi qurilma yuqori texnologiya ixlosmandlarining ko’nglidan joy topishi aniq,albatta -  u tayyor taomga tansiq mazaberadi va taom tortilishini xaqiqiy tomoshaga aylantirib yuboradi.

10. Tozalikni xohlaymiz

Kuyib yopishgan yog’, qurum va kuldan qutilish uchun metal, plastik tukchali qirg’ich, qulayxokandoz va oddiy idish yuvish vositasi yordam beradi. Panjara bilan sixlarni yuvishni uzoqqa cho’zmang - ular hali issiqligida tozalikka erishish ancha oson kechadi. Agar natija sizni qoniqtirmasa, plita va duxovkalarni tozalash vositasidan foydalanib ko’ring.

11. Eng g’ayrioddiy qo’ralar

Inson tasavvuri doirasining xaqiqatdan ham cheki yo’q. Bunga yana bir bor amin bo’lish uchun g’aroyib qo’ralar suratlariga bir qarang.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook