Koreys go’zallik sirlari bilan tanishamiz!
Koreys go’zallik sirlari bilan tanishamiz!
Ertaknamo Korea dunyoda zamonaviy va xalqona go’zallik retseptlarini tavsiya etish bo’yicha yetakchi pog’onalardan birini egallaydi.

424 tizimi.

Ushbu uch raqam yaltirab turadigan va toza teriga erishish kalitidir. Aslini olganda, bu barcha ayollar uchun muhim sanaluvchi ertalabki va kechki tozalash muolajalarini o’z ichiga olgan umumiy tushuncha. Kosmetologlarning ta’kidlashicha yuvinish muolajasi tozalash, tetiklashtirish va namlantirish jarayonlarini o’z ichiga olishi lozim. Koreys ayollari esa ushbu haqiqatni 424 tizmi orqali bolalikdanoq juda yaxshi anglab olishgan.

Ushbu tizim uch bosqichdan tashkil topadi:

Yuzni tozalash:

Yuz terisi kosmetik yog’ (kokos, bodom va hokazo.)yordamida 4 daqiqa tozalanadi.

Keying 2 daqiqada yuzni ko’pikli vosita yordamida yuvish lozim.

Jarayon yuzni 4 daqiqa suv bilan chayish orqali yakunlanadi. Teshiklarni yopish uchun yuzni avval iliq, so’ng sovuq suv bilan yuviladi.

Koreys ayollari tonikdan foydalanish vaqtida uning samaradorligini oshirish uchun yuzga barmoq uchi bilan ta’sir etadilar. Barcha muolajalar namlantirish bilan yakun topadi. Namlantiruvchi vosita kaftlarda qizitib olingach, barmoq uchlari bilan tashqi tomon va pastga qarata surtiladi.

Jismoniy mashqlar

Koreys ayolari yuz yogasi bilan anchada buyon shug’illanib keladilar. To’g’ri nafas olish yoshartiruvchi muolaja bo’lib hizmat qiladi. Agar jarayon to’g’ri bajarilsa, yuz terisi taranglashib, ajinlar soni keskin kamayadi. Buning uchun “ Ma, Me, Mi, Mo, Mi” tovushlarini 10martadan takrorlashning o’zi kifoya.

Choy

Koreys olimlari kosmetologiya soxasida chuqur izlanishlar olib bormoqda. Yaqindagina o’tkazilgan tadqiqotlar natijasida faqat choy tarkibida mavjud bo’lgan o’ta kuchli antioksidant – EGCG kashf etildi. Aynan shu sabab, ko’k choyli kosmetik vositalar go’zallik borasida benazir sanaladi.

Parvarish

Koreada istiqomat qiluvchi sohibjamollar hech qachon bo’yin va qo’l terisi haqida unutmaydilar. Axir ayol kishining yoshini sotib qo’yuvchi ilk alomatlar aynan shu sohada paydo bo’ladi. Bundan tashqari, ko’z atrofidagi soha parvarishiga mo’ljallangan mahsus vositalar ushbu nozik teri qismida mimik ajinlar va nohush dog’lar paydo bo’lishining oldini oladi.

Koreyscha pardoz

Xotima o’rnida shuni qayd etish kerakki, teri parvarishi yengil pardoz bilan tugallanishi lozim. Unutmang, faqat oddiylik go’zallik yarata olishga qodir. Yengil pardoz qilish uchun ko’z qora qalam bilan bo’yaladi, ten esa faqat yuqori qovoq pardozi uchun qo’llaniladi (odatda, yengil pardoz uchun sovuq rangli tenlar qo’l keladi). Kipriklarga tush bilan bezak berilgach, pushti rumyana va tabiiy rangdagi lab bo’yog’I bilan pardoz tugatiladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook