просмотров
Tom Xenks
Avstraliyada Elvis Presli haqidagi film suratga olishga tayyorgarlik ko’rayotgan chog’larida Tom Henks va uning rafiqasi aktrisa Rita Uilson koronavirusni yuqtirib olishdi. Ikkalasi ham o'zlarini horg’in his qilishdi, Rita isitmalay boshladi. Shundan so’ng juftlik birgalikda koronavirusga test topshirishdi. Natijalar esa ijobiy edi. Er-xotin Avstraliyaning Kvinslend shahrida karantinga olingan. Aktyor o'zining Instagram-dagi sahifasida ular barcha kerakli yordamlarni olayotganliklarini yozdi va obunachilarini ehtiyot bo’lishga chaqirdi. Bir muddatdan so’ng er-xotin sog'ayib, uylariga qaytib ketishdi.
Olga Kurilenko
Jeyms Bondning qiz o’rtog’i ro’lini o'ynagan aktrisa mart oyining boshida kasallandi. Olga Kurilenko Londondagi uyida karantinda o'tirishga majbur bo’ldi. Aktrisaning omadi kelganga o'xshaydi - u tezda tuzalib ketdi.
Idris Elba
"Qorong'u minora" filmi orqali barchaga yaxshi tanilgan qora tanli yulduzni ham “Uhan vabosi” chetlab o’tmadi. "Men o'zimni yaxshi his qilyapman, hech qanday alomatlar yo'q, ammo o'zimni yakkalashim kerak edi. Odamlar, aqlli bo'linglar, men kabi uyda qolinglar va vahimaga yo’l qo'ymanglar ”, deydi u Twitterdagi sahifasida.
Kristofer Xivyu
16-mart sanasida Kristofer Xivyu koronavirusga chalingan mashhurlar ro’yhatiga qo’shildi. U va uning oilasi uy karantiniga yuborilgan. Norvegiyalikning so'zlariga ko'ra, u o'zini yaxshi his qilmoqda, alomatlar grippga o'xshaydi. “Hammangiz juda ehtiyot bo'lishingiz kerak. Qo'lingizni yuving, 1,5 metr masofani saqlang, kasallik tarqalishining oldini olish uchun uyda qoling", - deydi aktyor.
Plasido Domingo
22 mart kuni 79 yoshli opera qo'shiqchisi Plasido Domingo koronavirus infeksiyasiga chalingani haqida xabar berdi. Uning yoshi katta bo'lishiga qaramay, u kasalxonaga yotqizilmagan, ammo uyida o'z oilasi bilan karantinga olingan. 30 martda u asoratlar tufayli og'irlashdi.
Shahzoda Charlz
Yelizaveta II ning to'ng'ich o'g'li shahzoda Charlz 25 mart kuni kasallar qatoriga qo'shildi. Bukingem saroyida ma'lumot tasdiqlandi. Uning holati uchun bu juda xavflidir, chunki taxt vorisi allaqachon 71 yoshda va odam qanchalik katta bo'lsa virus shunchalik xavflidir. Ammo, qirol oilasining ahvoli yomonlashishini oldini olish uchun imkoniyatlar yetarli. 30 mart kuni qirollik oilasining matbuot xizmati valiahd shahzodasi sog'ayib ketganini e'lon qildi.
Boris Djonson
Koronavirus endigina Buyuk Britaniya hududiga kirib boshlaganda, Bosh vazir Boris Djonson hammasi "o'z-o'zidan o'tib ketadi" deb kutib, umumiy karantindan ikkilandi, ammo aholining ozgina qismi qurbon bo'lishi kerak edi. U juda tez, harakat yo'nalishini o'zgartirdi, lekin kech edi. 27 mart kuni, 6000 dan ortiq infeksiyalanganlardan so'ng Jonsonning o'zi ham ularning safiga qo'shildi.
Сообщения из Facebook