просмотров
To’g’ri ovqatlanish. Yosh ko’rinish uchun go’zallik ukollari shart emas, to’g’ri ovqatlansangiz bu natijaga erishasiz. O’ta shirin narsalar va o’ta sho’r narsalarni taomnomangizdan o'chirib tashlang. Ular teri salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Mayoriy ratsioningizni tashkil qilib oling, vitaminlar va kaloriya normasiga alohida e’tibor qarating.
Uyqu. Go’zallikni asosiy himoyachisi uyqu hisoblanadi. Uyqu kamligi tufayli ko’z ostida xalqa hosil bo’ladi, teriga dog’ tushadi. Siz uhlayotgan paytingizda teri kollagen ishlab chiqaradi va u terini taranglashtiradi. Uyqu uchun 7-8 soatlik meyorni belgilab oling, shunda muddatidan oldingi ajinlarni oldini olgan bo’lasiz.
Suv ichish. Suv ichib terini yoshartirish eng mashhur va ko’p sinalgan usullardan biridir. Ko’p suv ichishni o’zingiz uchun odatga aylantiring: eslatma qo’ying yoki bo’lmasa suv ichishni eslatib turadigan mahsus dasturni telefoningizga o’rnatib oling. Keraksiz narsalarga vaqtingizni sarflamang: aslida suv terini mahsus kremlardan ko’ra samaraliroq mayinlashtiradi.
Skrab niqob. Haftada 1-2 marotaba skrabdan foydalanishga odatlaning. U yuzdagi quruqlik, qizarish va ashishishni oldini oladi. Foydalanish uchun albatta eng qimmatidan ishlatishingiz shart emas. Shunchaki sinalgan retseptlar asosidagisini ishlatsangiz bas.
Kiyim javoningizni ko’zdan kechiring. 18 yoshingizdagi buyumlar ham bormi? O’z kiyim javoningizni taxlil qilib, o’zingizga yoqmagan va sizga o’lchami to’g’ri kelmaydiganlari bilan hayrlashing. Asosiy qoida: libos hamisha qulay bo’lishi va uni kiyganingizda o’zingizga bo’lgan ishonchingiz ortishi kerak.
Tishlar parvarishi. Go’zal tabbasum har bir ayolning tashrif qog’ozi bo’lmog’i lozim.Go’zallik salonidagi qimmat muolajalardan foydalanib ko’pchilik oldida tabassum qilishga uyalib yurganingizdan ko’ra tishingizni salomatligiga chuqur e'tibor qaratib maftunkor tabassum sohibi bo’lganingiz ma’qul.
Jismoniy mashqlar. Muntazam ravishda sport bilan shug’illaning. Uyda, zalda, kechki sayr, yugurish, suzish, raqs. Bu kabilardan o’zingizning fiziologik holatingizga to’g’ri keladiganini tanlab shug’illanishni boshlang. Sport bilan shug’illanish sizni so’g’lom va xushbichim qilib qo’ya qolmay hayotingizga qo’shimcha energiya bag'ishlaydi hamda ruhingizni tetik qiladi.
Asl go’zallik siri go’zallik salonidagi muolajalarda emas balki har kungi o’z ustingizda ishlash uchun qilgan samarali harakatlaringizdadir.
Сообщения из Facebook