просмотров
Atirlarni umrini uzaytirish
“Ochilganidan bir yildan ko’p vaqt o’tgan atirni ishlatmaslik kerak”, deydi mutahassislar, ammo ayrim qoidalarga amal qilinsa, bu muddatni ma’lum vaqtgacha uzaytirish mumkin. Quyosh atirlarning ashaddiy dushmani. Shu bois ham atirlarni qorong’u joyda saqlash kerak. Bu qoidaga amal qilsangiz, sevimli atiringiz besh yilgacha sizga hizmat qilishi mumkin.
Tirnoq bo’yog’i va vazelin
Agar lak shishasining ustki qismiga vazelin surtib qo’yilsa, idish chetlari qotib qolmaydi, lak ham sifatini yo’qotmaydi. Bundan tashqari, lakni ishlatib bo’lib, og’zini yaxshilab yoping. Ushbu kosmetik vositani uyning quyosh nuri tushmaydigan salqin va qorong’u joyida saqlang. Muzlatkich bundan mustasno.
Kremlarni muzlatgichda saqlang!
Kremni past darajali haroratda saqlash lozim. Buning uchun esa muzlatgichga solib qo’yish kifoya. Bu yerda kremdagi foydali hususiyatlar ikki karra ko’proq saqlanadi. Darvoqe, muzlatgichdagi harorat 10 darajadan past emasligiga e’tibor bering.
Qalamni o’tkirlashdan avval…
Qosh, ko’z va lab uchun mo’ljallangan qalamni o’tkirlashdan avval o’n daqiqaga muzlatgichga qo’ying. Bu orqali uni o’tkirlash vaqtida uchi maydalanib ketishini oldini olgan bo’lasiz.
Tush
Qotib qolgan tush albatta barchani kayfiyatini buzadi. Tushkunlikka tushishga shoshilmang, shunday vaziyatda tushni bir necha daqiqa issiq suvda ushlasangiz, bas. Tushni har uch oyda almashtirib turish kerak. Negaki, bu vaqt mobaynida tush anchagina bakteriya to’plashga ulguradi. Natijada esa konyuktivit kasalligini ortirish havfi mavjud. Yana bir narsa: ushbu kasallikni oldini olish uchun ham tush cho’tkasini harb zamonda issiq suvda yuvib turish lozim.
Lab bo’yog’i sinib qolsa…
Sevimli lab bo’yog’ingiz ehtiyotsizligingiz sabab sinib qoldimi? Uni darrov axlat qutisiga tashlashga shoshilmang. Fen yordamida bo’yoqning singan tomonini ozgina eritib, joyiga yopishtiring va qayta ishlatishdan avval 12 soatga muzlatkichga solib qo’ying. Uy haroratida saqlangan lab bo’yog’i ikki yil hizmat qilishi mumkin. Idishi ochilmagan lab bo’yog’ini muzlatkichning dori solib qo’yiladigan qutisida saqlash tavsiya etiladi.
Сообщения из Facebook