просмотров
Kubik Rubik haqidagi eng qiziqarli faktlar:
Kubik rubik- o'yinchoqlar savdosi borasida yetakchillikka erishgan. Bugungi kunga qadar 350 million kubik rubik sotilgan.
1980 va 1981-yillarda kubik rubik yil o'yinchog'i deya tan olingan.
Uni juda ko'pchilik Kub boshqotirmasi deb ham ataydi. Bu albatta notog'ri. Uning haqiqiy atalishi - Kubik Rubikdir.
Kubik Rubikning har qanday kombinatsiyasini 20 yoki undan kam bo'lgan harakat bilan yechish mumkin.
Qizig'i shundaki, Oskar Van Deventer standart 3x3x3 bo’lgan kubik rubikdan farqli o'laroq, 17x17x17 bo’lgan kubik rubikni yaratdi.
Kubik Rubikni minimal harakatga keltiradigan algoritm "Xudo algoritmi" deb nomlanadi. Kompyuterda katta hajmli hisob-kitoblar yordamida matematik Tomas Rokitki kubik rubikni qurish uchun 22 ta harakatning etarli ekanligini isbotladi.
Los-Anjelesdan kelgan 16 yoshli talaba 1982 yilda Budapeshtda bo'lib o'tgan birinchi jahon chempionatida kubik rubikni 22,95 soniyada to’g’irlab, g'olib bo'lgan. Mutaxassislar jumboqni 24-28 yechishlari mumkin edi.
Fakt o'rnida shuni aytish kerakki, Finlandiyalik Anssi Vanxala 36,72 soniyada oyoqlari bilan kubik rubik boshqotirmasini yechib ulgurgan.
Kubik Rubikni yuqori tezlikda yig'ishni yaxshi ko'radigan odamlar spidkuberlar deb ataladi.
Kubik Rubik boshqotirmasini yechish bo’yicha joriy rekord Gollandiyalik Mats Valkga tegishli. U jumboqni 5.55 sekund ichida yechishga ulgurgan.
Balandligi 3 metr va og'irligi 500 kg bo'lgan eng katta kubik rubik Tennessi shtatining Noksvill shahrida (AQSh) joylashgan.
Yuzasi 10 mm bo'lgan eng kichik kubik rubikni rossiyalik dasturchi Evgeniy Grigoryev yasagan.
Eng qimmat kubik 1995 yilda Diamond Cutters International tomonidan yaratilgan "Maste rpiece Cube" edi. Kubik rubik 22,5 karatli ametist, 34 karat yoqut, 34 karat zumrad va 18 karatli oltindan yasalgan va 1,5 million dollarga baholangan.
Сообщения из Facebook