просмотров
Quyidagi so'zlar hind inqilobchisi Mahatma Gandiga tegishli: "Kechirimlilik bo’lish – kuchli odamlarning xususiyatidir. Zaiflar hech qachon kechirmaydilar”.
Odamlarni kuchli va zaif tomonlarga bo'lish noo'rin ko'rinishi mumkin. Axir, baholash mezoni nima ekanligini aniqlab bo'lmaydi. Biroq, bitta taxmin mavjud.
Zaif odam – baxtli bo'lishga qodir bo'lmagan odam. U qo'rquvga to'la, javobgarlikdan qochadi va o'tmishdagi xatolari bilan yashaydi. Bu sifatlar kuchli kishilarga xos emas. Kuchli inson faqat bitta narsani – o'zining va yaqinlarining hayotini baxt bilan to'ldirishni xohlaydi.
Bu ikki toifa odamlarining umumiy sifatlari kam, ammo farqlari juda ko’p. Ularning ko’pchiligi zaif shaxsga taalluqli bo’lmagan dunyoqarash va hatti-harakatlardan iboratdir.
Kechirim so'rash
Kechirim so'rash noqulay. Buni qilayotib, biz noto'g'ri ekanligimizni tan olishimizga to’g’ri keladi va bu g’ururimiz, nafsoniyatimizga tegadi. Ammo baribir, bu narsani uddalaganlar xotirjamlikka erishadilar. Qanday qilib?
Insonning birovga yetkazadigan zarari izsiz yo'qolmaydi. Bu qanchalik to’g’ri bo’lmasin, zaif odamlar buni tan olmaydilar. Ular baxslashayotgan odamning nozik tarafini yuziga soladilar, keyin esa vijdonlari qiynalib yuradilar: “Nega bunday qildim?” Nega hech narsani tuzatishga harakat qilmadim?” Natijada, ular xafa qilib qo’ygan odamlaridan ham ko'proq azob chekadilar.
Kechirim so'rashdan cho’chimang.
Bu bizni boshqalarning nazarida insonparvar qiladi va o’zaro xotirjamlik olib keladi. Ammo siz aybdor bo'lganlarni qidirishga shoshilmang. Avvalam bor, siz qanday xato qilganingizni tushunib, o’zingiz uchun tan olishingiz kerak.
Yordam so’rash
Yordam so'rash ham kechirim so'rashga o’xshab qiyin. Ushbu ikkala vaziyat ham bir-biri bilan chambarchas bog'liq. Yordam so’rash odamni o’z muammosini qanday hal qilishni bilmayotganligini tan olishga majbur qiladi. Ammo, agar biz noto'g'ri yo’l tutgan bo’lsak, bizga to’g’ri yo’lni ko’rsata oladigan insonlardan yordam so'rashimiz kerak.
Muhimi sizni qiynayotgan masala bo’yicha kimga murojaat qilishdan iborat. Agar siz pragmatik maslahat olishni istasangiz, hayotda ko’pni ko’rgan, vaziyatga xolis baho beradigan insonga murojaat qiling. Ammo agar sizni shunchaki shubha, xavotir va ikkilanish qiynayotgan bo'lsa, sizning dardingizni eshitadigan yaqin odamingiz bilan dildan gaplashing. Ehtimol, birgalikda yechim toparsiz.
Yordam so'rash – kamchiliklardan qo'rqmaslikdir. Shuning uchun, nima qilishni bilmayotgan bo’lsangiz, yordam so'rayvering. Har bir maslahatga amal qilish shart emas, shunchaki muammolarga boshqalarning ko'zlari bilan qarab ko’rish kifoya.
Nekbillik (Optimizm)
Umidsizlikka tushgan odam hayotdan zavq olmay yashaydi, u hamma narsani kulrang tusda ko’radi va bundaylar hayotimizda juda ko’p uchraydi va kuchsiz shaxs toifasiga kiradi.
Kuchli odam esa aksincha, atrofdagilardan tabassumini ayamaydi, hayotning har bir lahzasidan zavqlanib yashaydilar. Biroq nekbinlikka (optimizm) osonlikcha erishilmaydi. Shuning bunday qarash faqatgina kuchli insonlargagina xosdir.
Ularning siri yaxshi kayfiyatga asoslangandir: fikrlar, narsalar, har qanday vaziyatda ham ruhiy holatni ko’tara bilish.
Va bu tayanchlarni umidsizlik to'lqini bilan yuvib tashlamaslik uchun siz barcha tashvishlarning asosiy manbalariga - o'tmish va kelajakni kamroq o’ylashingiz kerak. Axir ikkalasi ham hozirgi zamon fikrlaridir. Demak, hozirgi paytda sizni ilhomlantiruvchi, ko’tarinki ruh bag’ishlovchi manba qidirsangiz, o'tmishingiz ham, kelajak ham siz uchun baxtli bo’ladi.
Сообщения из Facebook