просмотров
1.Qo‘rquvdan qochmang
Qo‘rquvni tahlil qiling va unga oddiygina jismoniy tuyg‘u sifatida nazar tashlang. O‘zingizdagi qo‘rquvni kuzatib boring, ammo unga yengilmang. Ushbu hodisalarni xuddi biror film yoki asar syujeti kabi qabul qila olsangiz barchasi asta-sekin o‘zgara boshlaydi.
2. O‘tmish bilan yashamang.
Unutmangki, barchasini qaytadan boshlash uchun hech qachon kech bo‘lmaydi. O‘tmishingizdan qolgan og‘ir yuk va omadsizliklar azobi bilan yashamang. Hayotingizning eng muhim oni - bugundir, uni baxt, quvonch va omad tushunchalari bilan to‘ldirish uchun imkon ham aynan bugun beriladi!
3.O‘zingizga achinmang.
O‘zingizga achinish odatidan butunlay voz keching. Bu quvvatingizning behuda sarf etilishi bilan barobar. O‘zingizga achinib qaramang, alam va gina hislari ulkan cho‘qqilar tomon borishingiz uchun to‘sqinlik qiladi. Bu esa insonga ruhiy ta’sir qilibgina qolmay, salomatligingizga ham jiddiy zarar yetkazib qo‘yishi mumkin.
4.Har narsani kechiring.
Kechira olish qobiliyati - insondagi ajoyib imkoniyatlardan biri sanaladi. O‘tmish onlari, sizga azob bergan insonlar, hayotingizdagi omadsizliklar, adolatsiz holatlar, qurbonliklar, og‘riqlar - bularning barchasini qalbingizdan faqatgina kechirish usuli orqali chiqarib tashlashingiz mumkin.
4. Barcha narsa yaxshilikka!
Hayotni hech qachon adolatsiz, azobli tushuncha sifatida ta’riflamang. Umringiz davomidagi har bir to‘siq-yanada kuchli va matonatli bo‘lishingiz uchun ko‘mak beruvchi darsdir! Hayotingizdagi har bir noxush odam ham sizga kichik bo‘lsa-da saboq berish uchun qarshingizda paydo bo‘lgan. Shunday ekan, biror narsa haqida o‘ylasangiz-uning faqatgina yaxshi tomonlarini ko‘rish uchun harakat qiling.
6. Boshqalarga yordam bering.
Hech e’tibor qilganmisiz, o‘zgalarga yordam qo‘lini cho‘zgan paytingizda yurakda allaqanday tushunarsiz, ammo betakror his paydo bo‘ladi. Shu ondan boshlab o‘zingizni avvalgidan baxtliroq, kuchli va yengilroq his qilishni boshlaysiz. Bu siz ulashgan baxtning asl mukofotidir!
7. Zarbalarga yengilmang.
Hayotingizda qanday holat sodir bo‘lmasin,boshingizni hamisha baland tutib, g‘oz yurishga odatlaning. Zarbalarga yengilish - kuchli odamlarga xos bo‘lgan sifat emas. Unutmang, hayotdagi haqiqiy muvaffaqiyat - muvaffaqiyatga erishish yo‘lida shakllangan iroda va matonat kuchi sanaladi.
Сообщения из Facebook