просмотров
Bu borada eng yaxshi yordamchi gigienik lab bo’yog’i va vazelin hisoblanadi. Ularning birini labingizga qalin qilib surting va bir necha daqiqadan keyin barmoq bilan uqalang. So’ng salfetka yoki paxta yordamida artib tashlang.
Lablarga jozibadorlik bag’ishlovchi bir necha mashqlar bor. Ular labingiz salomatligi va go’zalligini asrashga hizmat qiladi.
“O”, “U”,“A”,”I” xarflarini bir necha bor talaffuz qiling.
Qarshingizda yonayotgan sham bor deya tasavvur qiling. Lablaringizni cho’zib ularni o'chirishga harakat qiling. Sekin puflang, so’ng lablaringiz bilan o’zingizdan havoni haydang. Ushbu mashqni o’n marotaba takrorlash lozim.
6 soniya davomida (kuchli) zarb bilan puflab turing. So’ng lablarni bo’shashtirib og’zingizni oching.
Tilingizni imkon boricha chiqarishga harakat qiling. Ushbu holatni 3 soniya davomida saqlang va tilingizni tortib bo’shashing. Mashqni 5 marta takrorlash kerak.
Xushtak chaling. Albatta, bu mashqni jamoat joyida emas, uyingizda bajarganingiz ma’qul.
Lablarga nazokat bag’ishlash uchun quyidagi niqoblar ham asqotadi.
- Bir choy qoshiq qaymoq shuncha miqdordagi tvorog bilan aralashtiriladi. Aralashmani lablar cheti bilan surtib chiqing. 10 daqiqadan so’ng yuvib tashlang.
- Damlangan qora choyga paxtali tamponni botirib oling, lab ustiga joylashtirib 20 daqiqa yoting. So’ng kompressni olib tashlang, lablarni chayib, oziqlantiruvchi yog’ yoki bo’lmasa balzam surting.
- Sariyog’ni bir oz eriting. So’ng lablarga surtib taxminan bir daqiqa davomida uqalang. Bu muolaja uchun sariyog’ o’rniga asaldan ham foydalanish mumkin.
- Asalni lablarga surtib, 10 daqiqadan so’ng iliq suv bilan yuvib tashlang.
Lablar go’zalligiga erishish uchun quyidagi qoidalarni yodda tuting:
- Kuchli shamol va sovuqdan ehtiyot bo’ling. Ular labingizda turli yoriqlar hosil qilishi mumkin.
- Doimiy ravishda gigienik lab bo’yog’idan foydalanishni unutmang.
- Kuniga ikki litr suv iste’mol qiling.
- Labingizni yalamang.
- Tunda lablaringizni tirnoqgul damlamasi bilan artishni kanda qilmang.
Сообщения из Facebook