просмотров
Lavlagi sharbatining foydali hususiyatlari:
1. Lavlagi sharbati- inson salomatligida, gripp va shamollashda immunitetni ko’tarishda ayniqsa katta yordam beradi. Tajribalardan ma’lumki, lavlagi sharbati ichib yuradigan odamlar, gripp va shamollash bilan kamdan-kam hollarda og’riydi, kasal bo’lgan taqdirda ham darrov tuzalib ketadi.
2. Lavlagi sharbatini haftasiga uch marta iste’mol qilish organizmdagi zararli moddalar darajasini darxol kamayishiga, ayniqsa xolesterinning tushishiga yordam beradi.
3. Lavlagi sharbati organizmdagi hujayralarni yoshartirishga imkon beradi. Mazkur sharbatni kerakli miqdorda ichib yurgan kishilar ancha tetik va sog’lom ko’rinishga ega bo’ladilar.
4. Lavlagi sharbati eritrositlar ishlab chiqarishda va buning natijasida gemoglobinniko’tarilishida yordam beradi.
5. Lavlagi sharbati kamqonlikdan aziyat chekayotgan insonlarga judayam foydali hisoblanadi.
Shu jumladan bilish muhimki, lavlagi sharbatini haddan tashqari ko’p va noto’g’ri iste’mol qilish, organizmni zararlashi mumkin. Bu holda odam o’zini noqulay his qiladi, bosh aylanib, ko’ngil behuzur bo’ladi.
Shuning uchun lavlagi sharbati ichishdan oldin, o’z sog’ligiga shikast yetkazmaslik maqsadida shifokor bilan maslahatlashish kerak. Lavlagi sharbatini qanday hollarda to’g’ri iste’mol qilish kerak ekanligini har qanday terapeft biladi va bu borada sizga o’rinli maslahat bera oladi.
Сообщения из Facebook