Lionel Messi hayotidan 10 nafar qiziqarli faktlar
Lionel Messi hayotidan 10 nafar qiziqarli faktlar
Messi haqidagi ushbu faktlar sizni befarq qoldirmasligi aniq.

BIRINCHI FAKT: SALFETKADA BITILGAN ILK SHARTNOMA

"Lionel Messi" va "Barselona" o‘rtasidagi birinchi shartnoma salfetka ustida yozilgan. Bu 2000 yilda Barselona shahridagi rsetoranlarning birida amalga oshirilgan: 13 yoshli futbolchining otasi Xorxe Messi Lionel bilan tezkor shartnoma tuzilishini qat’iyat bilan talab qilib turib olgan, shundan keyin "Barselona" klubining sport direktori Karles Reksach Messining barcha tibbiy hisoblarini moliyalashtirish va maoshini to‘lash bo‘yicha majburiyatlarga guvohlikni qog‘ozda aks ettirilishi uchun ofitsiantdan qog‘oz so‘ragan. Restoranda qog‘oz topilamagan va shartnoma har ikki tomondan oddiy salfetkada imzolangan. Hozir esa ushbu salfetka klub muzeyida saqlanib kelmoqda.

Shartnoma

Shartnoma

IKKINCHI FAKT: MESSINING BO‘YI PAST BO‘LISHI MUMKIN EDI

Yosh Messi "Barselona"ga qabul qilinganidang so‘ng unga o‘sish gormonlari in'yektsiyalari qilindi. Agar qimmat bo‘lgan davolash kursi bo‘lmaganida, Lionel 140 santimetrdan oshmagan bo‘lardi. In'yektsiyalar tufayli Messi 169 santimetrgacha o‘sishga erishdi, shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, Lionel 2009 yilda bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasidagi final uchrashuvida o‘zining eng muhim gollaridan birini boshi bilan amalga oshirdi.

Lionel MESSI bolaligida

Lionel MESSI bolaligida

UChINCHI FAKT: TERMA JAMOADAGI ILK BOR MUVAFFAQIYATSIZ CHIQISH

Messi milliy terma jamoa uchun o‘ynagan ilk uchrashuvida birinchi va o‘z faoliyatidagi haligacha ham yagona bo‘lib kelayotgan maydondan chiqarib yuborishga duch kelgan. Lionel 2005 yil 17 avgust kuni Vengriyaning milliy terma jamoasiga qarshi o‘yinda almashuv tarzda o‘yinga tushganidan keyin 47 soniya ichida qizil kartochka olgan. O‘shandan buyon u bir necha marotaba o‘z faoliyatini to‘xtatib qayta boshlagan. Milliy terma jamoa bilan birinchi sovrinni qo‘lga kiritish uchun bu go‘yo unga doim "Leo, seni Rossiyada kutishmoqda!" deb eslatganday tuyular edi, deb qo‘shib qo‘yishmoqda Argentinalik iste’dod egasining muhlislari.

Lionel Messi: terma jamoadagi muvaffaqiyatsiz ilk bor chiqish.

Lionel Messi: terma jamoadagi muvaffaqiyatsiz ilk bor chiqish.

TO‘RTINCHI FAKT: BUVISIGA MEHR

Messi urgan gollaridan keyin osmonga ko‘rsatkich barmoqlarini ko‘tarib, yuqoriga qaragan holda doim buvisini eslaydi. "Men gollarni buvimga bag‘ishlab shunday qilaman - deb tushuntirdi kunlardan bir kun Lionel o‘z intervyularidan birida. - Futbol sektsiyasiga meni aynan buvim yetaklab borgan edi, lekin hozir men bilan sodir bo‘layotgan barcha narsalarni ko‘rmaydi. Shunga qaramay, buvim doim menga va oilamga yordam berishni davom ettirib kelmoqda".

 

BESHINCHI FAKT: UNING SURATI

Messining chap kuragida buvisining surati aks ettirilgan tatuiroka tushirilgan.

Messi buvisining surati

Messi buvisining surati

OLTINCHI FAKT: IKKINCHI TATU

2013-yilda Lionel badaniga 2012 yil 2-noyabrida birinchi tug‘ilgan Tiago ismli o‘g‘lining kaft izi aks ettirilgan ikkinchi tatuirovkani tushirdi. Keyin futbolchining chap oyog‘idagi suratda bir necha bor o‘zgarishlar amalga oshirildi va buning natijasida u tubdan o‘zgarib ketdi. 

Messining chap oyog‘idagi tatuirokaning o‘zgarib borishi

Messining chap oyog‘idagi tatuirokaning o‘zgarib borishi

YETTINCHI FAKT: LEO NOMIDAGI GAZETA

2014 yilda Argentinaning “OLE” deb nomlangan asosiy sport gazetasi Messi jarohat olganidan keyingi ikki oy davolanish muolajalaridan so‘ng - g‘olibona tarzda safga qaytgani va birinchi uchrashuvidayoq “Xetafe” darvozasiga kiritgan ikki nafar gollari sharafiga bir kunga “LEO” deb nomalangan. OLEning birinchi satrlarida "Uning qaytishi yashin misoli, - u o‘zining eng zo‘r o‘yinlaridagidek hujumlarni oxiriga yetkazib to‘rt daqiqaning ichida  ikkita gol urdi. Martino - “Uning qaytishi go‘yo kinodan olinganday! - dedi, va u mutlaqo xaq edi... Jahon chempionati yilida argentinaliklar tinch uxlashi mumkin" deb yozilgan. Yozda terma jamoa oltindan bir qadamda to‘htab qoldi ...

Leo nomidagi gazeta

Leo nomidagi gazeta

SAKKIZINCHI FAKT: MARADONA IZIDAN

Messi rosa o‘ttiz yil avval aynan Diyego Maradona jiddiy va og‘ir jarohatdan keyin qaytib “Barselona” uchun birinchi o‘yinini o‘tkazgan kuni qaytdi va "Xetafe" darvozasiga ikki nafar gol urdi. O‘ttiz yil avval Maradona ham “Sevilya” darvozasiga ikkita gol urgan edi. Lionelning butun faoliyati davomida uni Diyegoga qiyoslashgan, Maradonaning eng tanilgan ikkita golini esa Messi 2007 yilda ikki oy oralab amalga oshirgan - qo‘l bilan amalga oshirilgan gol va raqib komandasini yarmini aldab o‘tib yakka tartibdagi reydda amalga oshirilgan goli. 

TO‘QQIZINCHI FAKT: REKORDCHI

Messi futbolda qo‘lga kiritgan eng asosiy shaxsiy sovrinlar soni bo‘yicha turli mutlaq rekordlarni o‘rnatdi va yangiladi. Argentinalik bu futbolchining barcha sovrinlarini hisoblab chiqish uchun uzoq vaqt talab etiladi. Krishtianu Ronaldu aynan shunga intilayotgan bo‘lsa-da, Lionel Messidan tashqari hali hech kim "Oltin to‘p"ning besh karra sovrindoriga aylana olmagan.

Lionel Messining 5 nafar "Oltin to‘pi"

Lionel Messining 5 nafar "Oltin to‘pi"

O‘NINCHI FAKT : GOLLAR, UCHRASHUVLAR

24 yoshida Messi Kataloniya klubi tarixida eng yaxshi to‘purariga aylandi, 28 yoshida terma jamoa uchun 100ta o‘yin o‘tkazdi. 2017 yil yozgi ta’tilga hujumchi "Barsa" uchun 583 ta o‘yin va 507 ta gol, terma jamoa uchun 118 ta o‘yin va 58 ta gol bilan chiqqan edi. Hech shubhasiz shuni aytish mumkinki, Leonel Messi samaradorlik va natijaviylik bo‘yicha yana juda ko‘p rekordlar o‘rnatishi mumkin, agar Krishtianu Ronaldu unga halaqit bermasa, albatta.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook