просмотров
Kerakli masalliqlar:
125 gr un
2 choyqoshiq karri
1 choyqoshiq kurkuma
1 dona tuxum
200 ml kokos suti (yoki sigir suti)
bir chimdim tuz
Tayyorlanishi:
1. Un elakdan o‘tkazib olingach, ichiga karri, kurkuma va tuz qo‘shiladi. Barcha masalliqlar o‘zaro aralashtiriladi.
2. Unning o‘rtasida chuqurcha hosil qilinadi va asta-sekinlik bilan kokos suti quyiladi. Xamir venchik yordamida aralashtiriladi.
3. Aralashma ichiga tuxum chaqiladi.
4. Xamir polietilen paket ichiga quyilgach, paketning bir uchi kesiladi. Tayyor xamir qizdirilgan o‘simlik yog‘i ustidan gul shaklidagi naqsh ko‘rinishida siqib chiqariladi.
5. Blinchikning ikkala tomoni ham tillarang tusda qovurib olinadi.
6. Sovigan blinchiklar uchburchak shaklga keltiriladi va shu holatda dasturxonga uzatiladi.
Сообщения из Facebook