Malikaga aylangan Keyt Middlton hayoti va sevgi qissasi
Malikaga aylangan Keyt Middlton hayoti va sevgi qissasi
Keyt Midllton 1982 yili 9 yanvar sanasida Berkshir grafligidagi Maykl Middlton va Kerol Elizabet oilasida dunyoga keldi. Uning otasi avval aviadispetcher, keyinroq esa uchuvchi sifatida faoliyat yuritgan, onasi esa syuardessa bo‘lib ishlar edi. Juftlik orasida muhabbat paydo bo‘lgach, 1980 yili turmush qurishga qaror qilishadi. Taqdir yosh oilani birin-ketin uch farzand: Keyt, Filippa Sharlotta (Pippa) va Jeyms Uilyam ismli bolalar bilan siyladi.

1987 yiliMiddlonlar oilasi “Party Pieces” nomli kompaniyaga asos solishdi. Mazkur kompaniya tez orada ingliz bozorida obro‘-e’tibor qozondi va oila byujetiga millionlarni olib kela boshladi. Middltonlar oilasi Berkshirdagi Baklberi qishlog‘idan katta uy sotib oldilar.

Ketrin oiladagi to‘ng‘ich farzand edi. U ikki yosh kirib kiymay, oila janob Middltonning ishi sabab Iordaniyaga ko‘chib keldi va bu yerda ikki yil istiqomat qilishdi. Uch yoshli qizaloq ilk bor Ummondagi bolalar bog‘chasiga qaytay boshladi, Berkshirga qaytganlaridan so‘ng esa Sent-Endryus maktabiga o‘qishga kirdi. U yerdagi tahsilni tugatib, Marlboro kollejida ta’lim oldi.  Ketrin kollejdagi eng faol o‘quvchilarning biri bo‘lib, kimyo, biologiya va san’atning turli sohalari bilan jiddiy shug‘ullanar, tennis, xokkey va netbol o‘ynash bo‘yicha ham birinchilardan edi. Uning balandlikka sakrash ko‘rsatkichlariga ham teng keladigani bo‘lmagan. 

2000 yili kollejni tamomlagan Keyt Sent-Endryus universitetiga o‘qishga kirdi va bu yerda yuqori baholar bilan bakalavr darajasini oldi. Tahsilni tugatgach esa ota-onasi asos solgan kompaniyada ishga kirishdi, kataloglar dizayni, mahsulotlarning suratga olish ishlari va marketing bilan shug‘ullandi. 2006 yili Keyt “Jigsaw” magazinlar tarmog‘ida faoliyat boshlab, bir yil o‘tgach, professinal fotograf bo‘lish niyatida ishdan ketdi. Oradan bir necha oy o‘tib, u malika Diana va uning o‘g‘illarini suratga olib yurgan mashhur suratkash Mario Testinodan dars olishga qaror qildi. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, bo‘lg‘usi gertsoginya va shahzoda Uilyamni aynan Testino tanishtirib qo‘ygan ekan. 

2005 yilga kelib ommaviy axborot vositalari Keytni shahzodaning sevgan qizi sifatida tilga ola boshladi, ularning birgalikda tushgan rasmlari ilk sahifalardan joy oldi. Bunday qattiq bosim ta’siri ostida Keyt advokatlarga ommaviy axborot vositalari ustidan o‘z shaxsiy hayotiga muntazam ravishda aralashganlari uchun arz qilgani ham ma’lum. Juftlik universitetda san’at tarixidan birga saboq oldilar, ammo keyinroq shahzodaning mutaxassisligi geografiyaga o‘zgarib ketdi.

Shahzoda bilan tanishgach, Keyt qirollik oilasi tantanalariga taklif etila boshladi, 2006 yili esa ota-onasi bilan birga Qirollik harbiy akademiyasi marosimlariga tashrif buyurib, Yelizaveta II bilan ilk bor uchrashdilar. 

2010 yilning 16 noyabr kuni juftlikning unashtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Kelgusi yilning 29 aprel kuni esa tantanali nikoh tashkil etildi. “Asr to‘yi” deya nom olganmarosim Vestministr abbatligida o‘tkazildi va katta qirolicha tomonidan yosh juftlikka Kembrij gertsogi va gertsoginyasi unvoni berildi.

To‘y marosimi uchun ikkita nikoh ko‘ylagi hozirlanib, biri nikoh marosimida, ikkinchisi marosimdan keyingi kechki ovqat paytida kelinga kiydirildi. Ketrin “Alexander McQueen” ko‘ylagida cherkovda paydo bo‘ldi, ikkinchi libos esa britaniyalik rassom-modeler Bryus Oldfild tomonidan yaratildi.

Mamlakatdagi eng shov-shuvli ushbu to‘yiga o‘lkaning eng badavlat, obro‘-e’tiborli va mashhur kishilari taklif etildi. Ular orasida Elton Jon, Gay Richi, Devid Bekxem, Viktoriya Bekxem kabi yulduzlarni ko‘rish mumkin edi.

2011 yili juftlik munosabatlari tarixi haqida hikoya qiluvchi “William & Kate" nomli film suratga olindi

.

2012 yili Ketrinning homilador ekanligi va toksikoz belgilari bilan qirol Edvard VII shifoxonasida yotgani ma’lum bo‘ldi. 2013 yilning 22 iyul kuni shahzoda Jorj Aleksandr Lui dunyoga keldi.

2014 yil 8 sentyabr kuni gertsoginyaning ikkinchi bor ona bo‘lib arafasida ekanligi haqidagi rasmiy xabar berildi. 2014 yil 20 oktyabr kuni esa malika SharlottaYelizaveta Diana olam yuzini ko‘rdi. 

Bilasizmi?

Bilasizmi?

1.     Malika bo‘lishni barcha qizlar orzu qiladilar-u, ammo uning ma’suliyati hammaga ham ayon emas. Ketrin bugungi kunda bolalikdagi do‘stlari bilan uchrasha olmaydi, charchagan holatda va yomon kayfiyatda bo‘lishga ham haqli emas. Zero uning yuzi mamlakat qirollik oilasi ahvolidan darak beruvchi timsollardan biri sanaladi.

2.     Ketrin shahzodaning rafiqasi bo‘lsa-da, qirollik oilasidan bo‘lmagani sabab malika deya aytilmaydi. Faqat uning turmush o‘rtog‘i Uels shahzodasi nomiga sazovor bo‘lsagina (hozirda bu nom shahzoda Charlzga tegishli) Keyt malika unvoniga sazovor bo‘lishi mumkin.

3.     Keyt gertsoginya bo‘lguniga qadar juda ko‘p gap-so‘zlarga bardosh berishiga to‘g‘ri kelgan. Hatto yosh aristokratlar orasida uning oddiy oiladan ekanligini aytib kuluvchilar ham bo‘lgani ma’lum.

4.     Ketrin shahzodadan turmush qurish taklifini oz emas, ko‘p emas 9 yil kutdi.

5.     Keyt 29 yoshida turmushga chiqib, eng katta yoshda oila qurgan Britaniya qirollik oilasi kelini bo‘ldi.

6.     Ketrin turmush o‘rtog‘i va farzandlari uchun taom pishirishni xush ko‘radi. Uni qo‘lida paketlar ushlagancha supermarketlarda bot-bot uchratib turishadi.

7.     Ketrin mamlakat ayollari uchun uslub borasidagi mukammallik timsoli sanaladi.

8.     Ketrin yozning jazirama kunida ham kapron kolgotkalardan voz kechmaydi. Aytishlaricha gertsoginya bu borada Karla Bruni-Sarkozidan andaza olgan. Ma’lumot uchun, Karla Brunining yupqa kolgotkalardan oyoqdagi kamchiliklarni berkitish uchun foydalanishi ko‘p bor ta’kidlangan.

9.     Qirollik oilasi suratkashlarining fikriga ko‘ra, Ketrinning barcha suratlari chiroyli chiqishiga sabab uning hech qachon kameraga to‘g‘ridan to‘g‘ri qaramasligi ekan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook