просмотров
Bo’lajak qirolichaning dunyoga kelishi turli ko’ngilsiz alomatlar bilan bog’langan: tug’ruqqa bir kun qolganda Lissabonda daxshatli zil-zila bo’lib o’tadi, tug’ruq jarayoni esa onasining yorug’ dunyodan olib ketishiga bir baxya qoladi. Ikki buyuk sulola – Burbonlar va Gabsburglar vakillarining nikohi sharafiga tashkil etilgan ommaviy saylda bir necha yuzlab odamlar jarohat oladilar.
Biroq hosiyatsiz alomatlar ham, saroydagi qat’iy tarbiya usullari ham Mariya Anutuanettadagi hayotga bo’lgan tashnalikni so’ndira olmaydi. Uning go’zalligi esa tillarda doston bo’lib, zamondoshlari hayratiga sabab bo’ladi.
Saroy rassomi Madam Vidje – Labren o’z xotiralarida shunday yozadi: “… uning tashqi ko’rinishidagi eng jozibali nuqta – noodatiy go’zal terisi edi. U go’yo nur sochardi. Men boshqa hech kimda bunday go’zallikni ko’rmaganman. Uning yuz terisi esa shaffof ko’rinishga ega edi. Buni hech qanday usul bilan tasvirlay olmasdim: undagi soflik va go’zallikni tasvirlash uchun bo’yoqlar ojizlik qilardi”.
Mariya – Antuanettadagi joziba tabiat ato etgan husnmi yoki ko’p yillik urinishlar samarasimi – hech kimga ma’lum emas.
Shunisi aniqki, uning bisotida upa, losyon, pomada ,shaxsiy buyurtmasiga binoan terini tozalash va oqartirish uchun mahsus tayyorlangan kremlar hazinasi mavjud edi.
Qirolicha teri parvarishida atirgul, lavanda, yasmin, liliya, nargiz, gulsapsar, tabargul va binafshadan samarali foydalangan. U ayol kisshini yoshini sotib qo’yuvchi a’zo- qo’llar ekanligini yaxshi bilgan, shu bois kechalari qo’liga asalari mumi, atirgul suvi va bodom moyi singdirilgan qo’lqop kiyib uhlagan.
Qirolichaning soch parvarishiga oid sirlari hech kimga oshkor etilmagan. Faqatgina sunbul sochlar uchun shafran, kurkum, sandal daraxti , rovochdan foydalangani ma’lum. Go’zal hulqli va aslzodalarga xos tarbiya ko’rgan qirolicha hatto o’lim oldida ham xushmuomalaligini saqlab qolgan. U tasodifan jallodning oyog’ini bosib olib, “Uzr so’rayman, mis’e men bexosdan” degan ekan.
Сообщения из Facebook