просмотров
Aytishlariga qaraganda, Shotlandiya qirolichasi Mariyaning sovuqdan shamollagan tomog’ini davolagan tabib apelsin po’stlog’iga unchalik yirik bo’lmagan shakarni qo’shib, oshpazga beradi. Oshpaz uni kasal uchun mazali hamda shirin qilib qaynatib beradi. Mariye est Malade (betob Mariya)- deya atalgan shifobaxsh va mazali damlamaga shunday nom beriladi. Biroq Portugal tilidan “marmelad” so’zi tarjima qilinganda “qaynatma” ma’nosini anglatar ekan.
Marmelad kuchli antedepressant hisoblanadi. Eng muhimi- uning tabiiy mahsulotlardan tayyorlanishidadir. To’g’ri tuzilishga ega bo’lgan, jeleli damlamani iste’mol qilsangiz, siz huddi “agar-agar”ning (ba’zi suv o’simliklaridan tayyorlangan moddaning) ta’mini sezasiz. “Agar-agar” insonning jigar hamda buyragini tozalashga yordam beradi.
Quyida mevalardan tayyorlangan marmelad qanday tayyorlanishi va ularning foydali hususiyatlari xususida to’xtalib o’tamiz.
Limonli marmeladni 5 daqiqa davomida o’rtacha olovda qaynatib olamiz. Ushbu marmeladni ayniqsa qizlarimiz iste’mol qilishlari maqsadga muvofiq. Sababi, ushbu shirinlik soch va tirnoqlarga jilo beradi hamda tog’ay to’qimalarni mustaxkamlaydi.
Bu marmeladni tayyorlash unchalik ham qiyin emas.
Shifokorlarning aytishlaricha, limondan tayyorlangan marmelad xolesterinni tushirib, oshqozo-ichak kasalliklaridagi zaharli moddalarni bartaraf etadi.
Apelsinli marmeladni tayyorlash uchun bizga 2 ta apelsin va bitta apelsin po’sti, 300 gramm shakar kerak bo’ladi.
Maydalangan apelsinga shakar hamda apelsin po’stini sirlangan idishda qo’shib, 5-7 daqiqa davomida qaynatiladi.
Greyfrutdan marmelad tayyorlash uchun greyfrutdan tayyorlangan sharbatni olasiz. So’ngra sharbatga jelatin qo’shib aralashtirasiz. Tayyor bo’lgan massani to’rt soatga sovutgichga qo’ying. Qarabsizki greyfrutli marmelad tayyor!
Сообщения из Facebook