Mashhur brend nomlaridagi raqamlar nimani bildirishini bilasizmi?
Mashhur brend nomlaridagi raqamlar nimani bildirishini bilasizmi?
7UP, Shanel № 5, Porshe 911 – bu brendlarni bilmagan odam bo’lmasa kerak. Ammo nima uchun brend nomlarida aynan “№ 5” yoki “911” raqamlari aks etgan. Ushbu maqolada bunga javob topishingiz mumkin.

Shanel № 5

Shanel № 5

Shanel brendining asoschisi Koko Shanel xonim parfyumer texnologi Ernest Bo tomonidan tayyorlangan iforlarning 5-sini afzal bilib, uni tanlagan. Atirlarning rasmiy chiqarilish sanasi ham 05.05.1921 yilga to’g’ri kelgan.

Hains 57 Varieties

Hains 57 Varieties

Hayns kompaniyasi mingdan ortiq turli mahsulotlar chiqarishiga qaramay “57 xil” nomi bilan ataladi. Nima uchun? Gap shundaki, kunlarning birida Genri Hayns kompaniyasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni birma-bir sanab chiqayotgan edi. Mahsulotlar soni 60 tadan oshganiga qaramay, 57 sonini juda yoqtirib qoldi. Uning nazarida bu son mo’jizaviy xususiyatga ega edi, ayniqsa 7 raqami noyob ruhiy joziba bahsh etar edi.

Porshe 911

Porshe 911

Porshe 911 dunyodagi eng muhim avtomobillardan biri hisoblanadi. Nima uchun aynan 911 sonlari bilan ataladi? 

Dastlab avtomobil Porshe 901, deb nomlanishi kerak edi, biroq Peugeot kompaniyasi o’rtasida 0 bo’lgan uch xonali raqamning mualliflik huquqiga ega ekanligini ma’lum qilib, bu nomni almashtirishga majbur qildi. Shuning uchun 0 ni 1 almashtirishgan.

7UP

7UP

Ichimlikning bunday atalishiga sabab nima? 7UP ning Buyuk Britaniya va Irlandiyadagi distribyutori bo’lmish Britvic kompaniyasining ta’kidlashicha, ushbu brend ichimlikning 7 ta asosiy tarkibiy qismlari sharafiga shunday atalgan. Ushbu ichimlik 1929 yilda chiqarila boshlagan, uning dastlabki nomi – “Bib-label Lithiated Lemon Lime Soda”. Bu uzun nomning aytilishi juda qiyin bo’lgan, shuning uchun uni soddalashtirishga qaror qilingan.

Boing 747

Boing 747

Nima uchun bu samolyotga 747 raqami berilgan? Ikkinchi jahon urushidan keyin samolyotlarni ishlab chiqaruvchi kompaniya o’z muhandislik departamentlarini turli xil raqamlangan bo’limlarga bo’lib tashlagan: 300 va 400 chilari – samolyotlar uchun, 500 chi – gaz turbinali dvigatellar uchun, 600 chi – raketalar uchun, 700 chi – reaktiv yo’lovchi samolyotlar uchun. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook