просмотров
Bugun siz uchun har qanday top modelni soyasida qoldirib ketadigan, ammo betakror tashqi ko’rinishga qaramasdan butkul o’zgacha kasbni tanlagan insonlar haqida hikoya qilamiz.
1. Migel Pimentel
Migel Pimenteli nternetda juda mashhur yigit, uni “Sherifning yoqimtoy o’rinbosari” deb ham atashadi. Sababi Migel haqiqatan ham ajoyib tashqi ko’rinishga ega. U o’zining sportchilarga o’xshash qomati ustida juda ko’p mehnat qilgan va “Havaskorlar bodibildingi” kategoriyasidagi milliy chempionatning g’olibiga ham aylangan. Sherif yordamchisi bo’lib ishga joylashishidan avval esa 10 yil davomida dengiz askari bo’lgan.
2. Simon Geytli
Britaniyalik Simon Geytli shunchalar yosh ko’rinadiki, uni liboslarni reklama qiluvchi fotomodel deb o’ylash mumkin. Simonga qarab ushbu go’zal va yoz qiz bir ko’p farzandli ona ekanligini tahmin qilish juda mushkul. Simon 5 farzandning onasi, ammo harbir tug’ruq jarayonidan keyin ortiqcha vazndan halos bo’lish uchun harakat qilgan va shu orqali sportni muhlislari orasida ham targ’ib qilishga erishgan.
3. Jordjiya Nilsen
Jordjiya Melburda tavallud topgan bo’lib, uning chiroyli yuzi kameralar qarshisida bo’lishga arzisa ham qiz osmonda parvoz qilishni o’zi uchun afzal deb bildi. Uning ishi o’ta oson emas albatta, ammo juda qiziqarli ekanligi Jordjiyaning o’zi ham tan oladi. U Emirates arab aviakompaniyasida styuardessa bo’lib ishlaydi. Unga ko’zi tushgan samolyot yo’lovchilari odatdagidan ko’proq tabassum qila boshlasalar kerak-a?
4. Lyuis Xemilton
Lyuis “Formula-1” ning iqtidorli yulduzlaridan. U mazkur yo’lanishda 4 karra jahon chempioni bo’lgan va zamonamizning eng yaxshi poygachilaridan sanaladi. Ammo yigit trassadagi raqiblarini yer tishlatish bilan birga tashqi ko’rinishi sababli ko’plab qiz yuragiga o’t yoqqan. Ishonch bilan aytish mumkinki, agar u poygani emas, modellikni tanlaganida dunyo podiumlarini ham huddi poyga shohsupalari kabi zabt etardi.
5. Alana Blanshar
Sohibjamol Alana professional serfingchi sanaladi. Qiz Gavayi orollarida ulg’aygan va 15 yoshidan beri aynan shu sport turi bilan mashg’ul. Muntazam mashg’ulotlar qizni to’lqinlarni zabt etibgina qolmay, ajoyib ko’rinishga ega bo’lishini ham ta’minladi. Alananing hisobida ko’plab musobaqalar g’olibligi bor va dunyoning eng kuchli serfingchi ayollaridan biri sanaladi.
6. Patrik Bidenkapp
Sportchilar kabi ixchamlik va betakror tabassum moviy ko’zli bu yigitning qiyofasini to’ldirib turadi. Germaniyalik Patrik Bidenkapp kameralar qarshisida suratga tushishni ham qoyillatadi, ammo uning kasbi top-modellik emas, u professional uchuvchidir.
7. Nin Chen
Ushbu yoqimtoy hamshira Tayvanda yashaydi. Nin stomotologiya markazida faolib olib boradi va uni uchratib qolish umididagi oshiqlari tish shifokoridan qo’rqsalar ham bu erdan qadamlarini uzishmaydi. Qizning muhlislari esa uni dunyodagi eng chiroyli hamshira deb ataydilar.
8. Mixail Varshavski
Mixail Varshavskining kelib chiqishi rossiyalik, ayni paytda Nyu-Yorkda istiqomat qiladi. Tashqi ko’rinishi model bo’lish uchun keng imkoniyatlar bera olsa ham Mayk professional shifokorlik yo’lini tanladi. Ushbu yoqimtoy yigit har kuni o’nlab insonlarga yordam beradi, sog’lom turmush tarzini targ’ib qiladi va hayriya bilan shug’ullanishga ham vaqt topadi.
9. Loren Sesselmann
Betakror Loren Sesselmanni ham model yoki ekran yulduzi deb o’ylash mumkin, albatta. Ammo u Kanada futbol komandasida himoyasi sifatida to’p suradi. Shunga qaramay Lorenning qiyofasi hamisha a’lo darajada. O’zining husni bilan birga qiz 2012 yilda Londonda o’tkazilgan Olimpiya o’yinlaridagi bronza medali bilan ham maqtansa arziydi.
10. Gunn Narten
Norvegiyalik Gunn Nartenning suratlarini ko’zdan kechira turib, uning o’t o’chiruvchi ekanligi hayolingizga ham kelmasa kerak. Qiz yong’in xavfsizligi bo’limida 19 yoshidan faoliyat olib boradi va biror marta ham shu kasbni egallagani uchun afsus chekmagan. Gunn sport bilan muntazam ravishda shug’ullanadi, sababi bu uning professiolal kasbi uchun kerak. Internetda Gunni “Eng go’zal o’t o’chiruvchi ayol”deb ataydilar.
Сообщения из Facebook