просмотров
Apple
Aytishlaricha, Applening logotipi matematik Alan Tyuringga bag’ishlangan emish. Go’yoki u zaharlangan olmani tishlab, o’z joniga qasd qilgan. Aslida esa logotipni yaratgan dizaynerning aytishicha, u olmani tishlangan qilib ko’rsatishiga sabab, uning shaklini aniqlik bilan ko’rsatish, chunki butun olmani boshqa dumaloq shaklli meva bilan adashtirish mumkin.
Pepsi
Oddiygina bo’lib ko’ringan Pepsi logotipi aslida kompaniyaga 1 mln dollarga tushgan. Ushbu belgini yaratayotganda dizaynerlar bir-biriga mutanosib bo’lgan hamda inson ko’zlariga yoqimli ko’rinadigan oltin kesma nisbatiga tayanganlar.
Lacoste
1923 yilda frantsiyalik tennischi Rene Lakost jamoa kapitani Alan Mur bilan ko’chada ketib borayotib, do’konlardan birining vitrinasida timsoh terisidan tayyorlangan jomadonni ko’rib qoladilar. Tennischilar bahs boyladilar, va agar Rene keyingi o’yinda g’alaba qozonsa, Alan unga mana shu jomadonni sovg’a qilishini aytadi. Lakost yutqazdi, ammo bu voqeani kuzatgan bir jurnalist uni yoritar ekan, tennischi haqida “timsohday kurashdi”, deb yozadi. Shunday qilib, Rene Lakost “timsoh” laqabini oladi, ushbu hayvonning tasviri esa uning kompaniyasining logotopiga aylandi.
McDonald's
1962 yilda McDonald's kompaniyasi psixolog Luis Cheskinni ishga oldi, u esa o’z navbatida kompaniya logotipini almashtirishni taklif qildi va arka shaklidagi oltin rangli “M” harfini logotip sifatida ishlab chiqdi. Uning fikricha, arkalarning shakli ayollarning ko’kragini eslatadi va ongli ravishda ishtaha ochilishigasabab bo’ladi hamda beg’ubor bolalik chog’larini eslatadi.
Nike
Dunyodagi eng taniqli logotiplardan biri bo’lgan bu belgi eng arzoni hisoblanadi – bor yo’g’i 35 dollar. 1971 yilda kompaniya egasi Fil Nayt Karolin ismli bir talaba qizga logotip o’ylab topishni topshiradi. Avvaliga Karolinning ishidan uning ko’ngli to’lmagan, biroq keyinchalik tan bergan, chunki logotip muvaffaqiyatli chiqqan va kompaniyaning mashhur bo’lishiga xizmat qilgan.
Android
Grafik dizayner Irina Blok va uning jamoasiga robotsimon shakldagi, ammo hamma bittada taniy olishi uchun soddagina logotip ishlab chiqish vazifasi yuklatildi. Kulgili, chunki yashil rangli robotli bu logotip jamoatchilik hojatxonalari eshiklarida osilib turgan piktogrammalarga asoslangan holda yaratilgan.
Сообщения из Facebook