просмотров
10 yil ichida matras o'rtacha 3 kggacha og'irlashadi.
Matras choyshab bilan ishlatiladi, ammo bu uni ifloslanishdan 100% saqlamaydi. Hatto sog'lom odam ham har kecha uxlash paytida millionlab teri hujayralari va bir necha mililitr suyuq ter yo'qotadi. Namlik, chang zarralari, ter matras ichiga chuqur kirib, to'planadi. Bularning barchasi 3 kg gacha vazn yig’adi!
7 yildan oshgan matraslarning deyarli har birining ichida changlar mavjud. Agar siz tukli yostiqlardan foydalansangiz, uy hayvonlarini boqsangiz va uzoq vaqt davomida matrasni o'zgartirmasangiz matrasda chang kanasi paydo bo’lishi ehtimoli yuqori. Odatiy eski to'shakda 100000 dan 10 milliongacha chang kanalari bo'lishi mumkin. Ular kasallik tarqatishmaydi va chaqmaydi. Ammo ularning borligi astma, allergiya va boshqa kasalliklarni qo’zg’atishi mumkin.
Keraksiz qo'shnilardan xalos bo'lish uchun, zamonaviy matraslarga e'tibor berishni tavsiya etamiz, unda chang kanalari bo’lmaydi. Mutaxassislar shuningdek, vaqti-vaqti bilan matras, yostiqlarni ventilyatsiya qilishni va har hafta choyshabni yuvishni maslahat berishadi.
To'shak qoplamisiz, matras bir yil ichida tozalikni yo'qotadi.
Yuqorida biz aytib o'tgan chang kanalaridan tashqari, matras ichida zamburug'lar va mog'orlarning butun koloniyalari yashashi mumkin. Siz har olti oyda matrasni o’girib turish va havo o’tkazuvchan qoplamni tanlab, bularning barchasidan o'zingizni himoya qilishingiz mumkin. Qoplamni matrasning to’rtta burchagiga ilib qo’yasiz. Bu bilan qahva yoki shunga o’xshash ichimliklar matrasga to’kilib uni ifloslanishini oldini olishingiz mumkin.
Matras har bir uyda mavjud bo'lgan, barchaga yaxshi tanish buyum. Ammo Afrikadagi ayrim nochor makonlarda yillar davomida matras sotib olishni orzu qilgan, ammo bunga yetarli pulni tejay olmaydigan minglab odamlar bor, shuning uchun ular duch kelgan narsada uhlaydilar. U yerda matras boylikdan darak beradi.
Сообщения из Facebook