просмотров
Kompaniya asoschisi 2001 yilda vafot etgan, ammo uning mahsulotlari bugungi kunda dunyoning 35 mamlakatiga taqdim etiladi. Quyida Meri Key Eshning shaxsiy qarash va fikrlari biln tanishishingiz mumkin.
· Men oilasi va farzandlari bor har bir ayolga o’z karierasini boshqarish imkoniyatini bera oluvchi kompaniyani yaratishni istagan edim.
· Mening kompaniyam daromad va zarar ko’rish uchun emas, odamlar va muhabbat uchun ishlaydi.
· Hudo ilk bor yer yuzidagi erkak – Odam atoni yaratib bo’lgach, o’z durdonasiga qarab shunday degan: “ Juda yaxshi, Biroq men bundan ham yaxshirog’ini uddalayman”. Shu tariqa ayol yaralgan.
* Dunyoni zabt etishning uch usuli bor – telefon, telegraf va ayollar hikoyasi.
* Boshqalar bilan o’zing bilan qanday munosabatda bo’lishlarini istasang shunday bo’l. Mary Kay kompaniyasida barcha munosabatlar jiddiy. Boshqaruvning har bir qarori aynan shunga tayanadi
· Men insonlar qo’l berib ko’rishish uchu n qatorlashib turadigan odam bo’lganimda, har qancha charchagan bo’lmay, qarshimda turgan har bir odamga alohida e’tibor qarataman, deb qaror qilganman.
· Aksariyat boshqaruvchilar to’qnashgan muammolari haqida unitishni istaydilar, men aksincha ularni yodda saqlashga urinaman.
· Kompaniya uning ishchilari qancha yaxshi bo’lsa shuncha yaxshidir.
· Bizning kompaniyamizda eng asosiysi – odamlar.
· Men insonlarni hamisha maqtab turish tarafdoriman: bu qovjiragan o’simlik uchun yoqqan ilohiy yomg’ir kabidir.
· Yaxshi raxbar gapirishdan ko’ra ko’proq tinglay oladi. Balki, bizga ikkita quloq va 1ta og’iz ato etilgani bejiz emasdir.
· Men odamlarni maqtamay turib, ularni tanqid qilmaslikni shior qilib olganman.
· Xaqiqiy muvaffaqiyatli boshlangan ishni – xoh katta bo’lsin, xoh kichik – oxiriga yetkazishdir.
· Hech qaysi muvaffaqiyatga ishtiyoqsiz erishib bo’lmaydi
· Men kunni toza qog’ozdan boshlashni afzal bilaman.
· Xodimlarning ko’pchiligi uchun ona qiyofasida namoyon bo’laman.
· Omadsizlikda hech qanday uyatli narsa yo’q. Xaqiqiy omadsiz qo’l siltab ketuvchi odamlardir.
· Xaqiqatga aylanuvchi orzular va qo’ldagi qadoqlar orasida bevosita bog’liqlik mavjud.
Сообщения из Facebook