просмотров
Sabzi sharbati – kaliy manbai bo’lib, u teri tarangligini va ko’rish qobiliyatini saqlashga yordam beradi.
Pomidor sharbati- xotirani mustaxkamlaydi, uni uzum sharbati bilan ketma-ketlikda iste’mol qilish natijaning yanada yaxshilanishiga yordam beradi.
Shaftoli sharbati- tarkibidagi kaliy yurak mushagi faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Chakanda sharbati – A, B1, B2, B3, C, E vitaminlari, marganes, bor, temir, organik kislotalar va bir necha turdagi tabiiy antebiotiklar mavjud bo’lib, kasallik qo’zg’atuvchi viruslarni bartaraf etish va organizmdagi og’ir metallarni chiqarib yuborish hususiyatiga ega.
Olma sharbati- kislorod taminotini izga soladi, organizmni quvvat bilan to’yintirib, suyaklar mustahkamlanishiga yordam beradi.
C vitaminiga boy bo’lgan greyfrut sharbati moddalar almashinuvi va qon bosimiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Shuningdek u ortiqcha yog’larni eritish hususiyatiga ega.
Uzum – tarkibida ko’plab organik kislotalar mavjud bo’lgan o’simliklardan biri. Uzum sharbati ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilaydi, buyraklar faoliyatini rag’batlantiradi, kamqonlik, tuberkulez, keskin vazn tashlash va quvvatsizlikda tavsiya etiladi.
Qora smorodina sharbati organizmni infeksiyalarga qarshi kurashishiga yordam beradibva keraksiz yog’lardan halos etadi.
Na’matak sharbati – moddalar almashinuvini rag’batlantirib, immunitetni ko’taradi, ishtaxa uyg’otish va ish layoqatini oshirish hususiyatiga ega.
Ananas sharbati – ortiqcha yog’lardan halos etadi, shuningdek, uni “ muhabbat sharbati” deb ham ataydilar.
Apelsin sharbati – tarkibidagi C vitamini organizmning infeksiyalarga chidamliligini oshiradi, kamqonlik, jigar va buyrak kasalliklarida yordam beradi.
Сообщения из Facebook