просмотров
1. Ishga ta’luqli bo’lmagan kitob o’qish
O'qishning ko'plab afzalliklari bor. Bu tashqi dunyoga boshqa nuqtai nazardan qarashga imkon beradi. Shuningdek, kitoblar o’zingizni boshqa odamning o'rniga qo'yish qobiliyatini rivojlantiradi va bu haqiqiy rahbar uchun juda zarurdir. Sizning vakolatlaringiz doirasidan tashqarida bo'lgan yangi bilimlarni olish juda foydali.
Shuning uchun, tadbirkor va muhandis Ilon Musk ilmiy fantastika va biografik asarlarni albatta o'qish ro'yxatiga kiritadi. "Rolling Stone" jurnaliga bergan intervyusida u shunday dedi: "Meni kitoblar o'stirdi. Avvalo kitoblar,keyin ota-onam."
2. Qulatlik zonasidan tashqariga chiqish
Sizga imkonsiz tuyulgan narsalarni qilishga o’zingizda jasorat toping. Bu sizning rivojlanishingiz belgisidir. Aks holda, siz ko'p narsaga erisha olmaysiz.
Agar siz ommaviy nutqni yomon ko'rsangiz, kelgusi uchrashuvda birinchi bo'lib gapiring. Xattoki siz qattiq asabiylashsangiz ham - ortga chekinmang. Shunchaki buni bajaring va o'zingizni yengil his qilishni boshlaysiz.
Qo'rquv va o'sish birga mavjud bo'la olmaydi.Ulardan biridan qutulish kerak.
3. Sport bilan shug’ullanish
Tom Korli, "Boy odamlarning odatlari" kitobining muallifi, muvaffaqiyatli odamlarning jadvalini o'rganish uchun besh yil sarfladi. Va u ularda umumiy-jismoniy mashqlarni topdi. Ko'p pul topishga muvaffaq bo'lganlarning ko'pchiligi kundalik ish jadvaliga sport bilan shug'ullanishni qo’shishgan.Masalan, Opra Uinfri, Sheril Sandberg va Richard Branson.
Korlining fikriga ko’ra o'zida yugurish, yurish yoki boshqa aerobik mashqlarni bajarishni odat qilganlar bir qator afzalliklarga ega: ularda IQ ko’rsatkichi, iroda, o'ziga ishonch yuqoriroq va jismoniy energiyaga 20% ga ko'proq.
Bundan tashqari, tadqiqotlar bo'sh vaqtlardagi jismoniy faollik umr ko'rish davomiyligini 4,5 yilga uzaytiradi deb ko'rsatdi, hatto kunlik jismoniy mashqlarning ozgina qismi ham hayotingizni sezilarli darajada uzaytirishi mumkin.
4. Boshqalarga yordam berish
Muvaffaqiyatga yolg'iz erishish mumkin degan gap shunchaki afsona. Muvaffaqiyatli odamlar yordam qanchalik muhimligini tushunishadi. Ayniqsa, unga muhtoj bo'lganlar uchun.
2010-yilda Microsoft korporatsiyasining yaratuvchisi Bill Geyts, uning rafiqasi Melinda va yirik investor Uorren Baffet “The Giving Pledge” xayriya kampaniyasini boshlashdi. Unda ishtirok etgan holda, badavlat odamlar va oilalar o'z boyliklarining kamida yarmini xayriya faoliyatiga topshirishga axloqiy majburiyat olishadi. Masalan, ular qashshoqlikni kamaytirish va sog'liqni saqlashni rivojlantirishda qatnashadilar.
Agar siz kimgadir yordam berish yoki xizmat uchun pul to'lashga juda band bo'lsangiz, demak muvaffaqiyatga erishish uchun ham vaqtingiz yo'q.
Siz katta mablag' sarflashingiz shart emas. Siz oddiy narsalarni qilishingiz mumkin: band bo'lgan hamkasblaringizga yordam bering yoki keksa odamgam qo’lidagi xaridini olib borishga yordam bering.
5. Doimiy kurash
Bir paytlar basketbolchi Maykl Jordan: "Men g'alaba qozonish uchun o'ynayman - mashg'ulot paytidami yoki haqiqiy o'yin paytida. Menga va g'alaba qozonish istagimga hech narsa to'sqinlik qilishiga yo'l qo'ymayman." U uzoq yo'lni bosib o'tdi: u bir paytlar basketbol maktabining jamoasidan haydalgan, ammo bu unga professional basketbolchi va tarixdagi eng yuqori haq to'lanadigan sportchi bo'lishiga to'sqinlik qilmagan.
Kechirishni va xafalikdan voz kechishni o'rganing: ular sizga juda xalaqit berishi mumkin.Ammo sizning raqiblaringiz va tanqidchilaringiz (yoki hatto nafratlanuvchilar)tomonidan tan olinishni istash kuchli turtki bo'lishi mumkin. Bu sizni muvaffaqiyatga erishish uchun qo'lingizdan kelganini qilishga majbur qiladi. Bu odamlarning barchasi nohaq bo'lganligini isbotlashga turtki beradi.
6. Tez-tez sayr qilish
Amerika Psixologik Assotsiatsiyasi tomonidan o’tkazilgan tadqiqot natijalariga ko’ra, toza havoda sayr qilish ijodkorlikni rivojlantiradi va muammolarni hal qilish qobiliyatini yaxshilaydi.
Agar sizning ish joyingizda yangi g'oyalarni o’ylab topish juda muhim bo'lsa, ofisdan tashqariga chiqish imkoniyatiga ega bo'lish foydali bo'ladi.Buni tez-tez bajaring.
Korxona rahbarlari piyoda sayr qilish davomida ish uchrashuvlarini o'tkazishni yaxshi ko'radilar. Mark Tsukerberg, Virgin Group asoschisi Richard Branson, LinkedIn direktori Jeff Vayner va Google bosh direktori Sundar Pichai shunday qilishadi.
"Menimcha,bu darhol biznesga kirishish, qaror qabul qilish va kelishuv qilishning tezkor usuli", deb yozadi Branson o'z blogida.
Shuning uchun, smartfoningiz oldida o'tirishni to'xtating - tashqariga chiqing, sayr qiling va shunchaki o'ylang.
Сообщения из Facebook