просмотров
Fransiyalik oddiy shlyapado’z ayol Roza Berten iqtidor sharofati bilan Fransiya qirolichasi – Mariya Antuanetta va eng yaqin dugonasiga aylandi.
Roza Berten 1747 yil 2 iyulda Fransiya shimolidagi Abvil shahrida, kambag’al oilada dunyoga keldi. Uning onasi oddiy hamshira, otasi esa politsiya hodimi edi.
16 yoshli Roza Parijga yo’l olib, shlyapado’z madmuazel Pagelga shogird tushdi. 1773 yili oktyabr oyida Roza Berten “Buyuk mo’g’ul” do’konini ochadi. Do’kon nomi dunyodagi eng katta olmos sharafiga qo’yilgan bo’lib, ushbu do’kondan qo’lqopdan tortib tayyor libosgacha sotib olish imkoni mavjud edi.
Fransuz tarixchisi Emil Langlad o’zining “Roza Berten. Mariya Antuanetta liboschisi” nomli kitobida ushbu do’konni Sharq xazinasining qutichasiga qiyoslaydi.
1772 yili Roza rasmiy ravishda Mariya Antuanettaga liboslar yetkazib bera boshlaydi. “Buyuk mo’g’ul” do’koni peshtoqiga “Qirolicha liboschisi Ro’za Berten” yozuv taxtachasi osib qo’yiladi.
Qirolicha Mariya Antuanetta o’z liboslariga behad e’tiborli edi, shu bois Roza Berten tez orada uning eng yaqin dugonasiga aylanib, barcha qabullar chog’ida uni kuzatib yuradi. Aynan shu sabab, Versal saroyi ayonlari qirolicha Roza Berten bilan huddi qirol o’z ministrlari bilan ishlagani kabi faoliyat yuritadi, der edilar. Shu tariqa Roza Berten moda ministri e’tirofiga sazovor bo’ladi.
Qirolicha o’z garderobini juda qadrlardi, u Rozaga so’nggi modaga muvofiq kiyingan qo’g’irchoq yaratishni buyuradi. Mum, yog’och yoki shishadan ishlangan ushbu qo’g’irchoqlar pandora deb atalgan.
Berten Fransiyani dunyo moda markaziga aylantirishda munosib hissa qo’shdi. Pandoralar butun Yevropa bo’ylab aylanib, Ispaniya va Shvetsiya qirollari, Angliya, Italiya hamda Rusiya zodagonlari tomonidan e’tirof etildi.
Fransuz inqilobi tufayli Roza Angliyaga yo’l oladi.1765 yili ortga qaytgan Berten Napoleon Bonopartning bo’lajak rafiqasi Jozefina Bogarnega beminnat hizmat qildi.
Moda ministri 1813 yilda vafot etdi.
Сообщения из Facebook