просмотров
1. Ulan-Bator shahri dunyodagi eng sovuq poytaxt shahar hisoblanadi. U dengiz sathidan 1300 metr yuqorida joylashgan. Yanvar oyida shahardagi harorat selsiy shkalasi bo‘yicha - 40 gaham tushib ketadi va bu aholi vakillari uchun odatiy holatga aylanib qolgan.
2. Ulan-bator shahrining nomi “Qizil pahlavon” degan ma’noni anglatadi. Ushbu nom shaharga 1924 yilda berilgan bo‘lib, hududga 1639 yilda asos solingan, birinchi nomi esa Urga bo‘lgan. Bu “Nufuzli inson saroyi” degan ma’noni anglatar edi. 1911 yilda esa uning nomini Niyslel xuree deya o‘zgartirishgan.
3.Mamlakatning umumiy maydoni 1 500000 kvadrat kilometrga teng, aholisi esa 3 million kishini tashkil qiladi. Bu yerdagi aholi zichligi ko‘rsatkichi har bir kvadrat kilomentrga 2 tadan odamni tashkil qiladi. Bu boshq barcha mamlakatlar orasidagi eng past ko‘rsatkichdir. Bugun boshli Mongoliyaning teng yarim aholisi poytaxtda yashaydi.
4. Ko‘pchilik insonlar osmondan yulduz uchayotgan payti tilak aytsa, uning amalga oshishiga qattiq ishonadilar. Mo‘g‘ullar esa qulayotgan yulduzni tez orda sodir bo‘lajak o‘lim timsoli deya ko‘rishadi. Shu sababli tilak aytish o‘rniga pichirlab duo qiladilar.
5. Mo‘g‘ullar juda ham irimchi halq bo‘lib, agar birov boshqa bir insonning oyog‘ini bosib olguday bo‘lsa darhol uning qo‘lini ham siqib qo‘yishi kerak ekan.Yo‘qsa, ular bir-birlariga dushman bo‘lib qolishar emish. Aytganday, ularning aytishlaricha, yopiq bino ichida chalingan hushtak orqali inson o‘ziga xavf chaqirib olarkan.
6. Dunyodagi birinchi sotsialistik davlat sobiq SSSR bo‘lsa, ikkinchisi Mongoliya bo‘lgan
7. Mongoliyaning eng mashhur joylaridan biri - Chingizxonning ulkan haykalidir. Uning balandligi 40 metrga teng bo‘lib, dunyodagi eng katta otliq haykal ham shu yerda, Mongoliya asoschisiga bag‘ishlab o‘rnatilgan.
8. Chingizxonning qabri qayerda ekanligini hech bir odam bilmaydi. Bu yerdagi afsonalardan birida aytilishicha, dafn marosimida qatnashgan bir necha minglab insonlarning barchasi o‘ldirib yuborilgan. Keyin ularga guvoh bo‘lgan janchilar o‘zlarini o‘ldirganlar va shu tariqa bu sirni butun umrga tuproq ostiga ko‘mganlar.
9. Mo‘g‘ul oilalarida o‘g‘il dunyoga kelsa uning kuchli jangchi bo‘lishi niyat qiladilar. Sumoning asl vatani Yaponiya bo‘lsa ham, bu sport turida eng kuchli bo‘lgan insonlar mo‘g‘ullar sanaladi.
10. Hudud katta tarixga ega bo‘lish bilan birga rivojlanayotgan mamlakatlardan biri hamdir. Ayni paytda ushbu mamlakatning har to‘rtinchi fuqarosi internetdan faol ravishda foydalanadi.
Сообщения из Facebook