просмотров
Biroq chaqaloq turli tovushlarni aynan qanday idrok qilishini oxirigacha aniqlash juda qiyin. Shunday qilib, yangi tug’ilgan go’dak hali tovush manbaini aniqlash va ajratishning uddasidan chiqa olmaydi. Ammo ona yuragi urishi va uning tovushini darxol ilg’aydi.
Shu sababli ona tomonidan aytilgan alla qo’shig’i, ijro etuvchining tovushi va ohangidan qatiiy nazar, uni tinchlantirish ta’siriga ega. Shuningdek, tabiatning sokin tovushlari – suv shildirashi, qushlar chug’uri va barglar shitirlashi ham go’dakni ancha tinchlantiradi.
Yangi tug’ilgan go’daklar uchun musiqa terapiyasining samaradorligini yurtimiz olimlari ham tasdiqlaganlar. Tadqiqot ona qornida rivojlanish jarayonida kislorod yetishmasligidan aziyat chekkan go’daklar ishtirok etdi. Bu chaqaloqlarda hujayra fermentlari faolligi pasayganini qayd etilgan. Sitologik tahlil, chaqaloqlarga mumtoz musiqa tinglatilganidan so’ng, ulardagi hujayra fermentlari faolligi oshganini ko’rsatdi. Shuningdek, go’daklarning arterial qon bosimi, tomir urishi, nafas olish maromi ham o’lchanganida ularning yuzlarida moslashuvning tezkor ta’sirlanishi yuz bergan: organizm atrof-muhitga ko’nika boshlagan va go’daklar o’zlarini tetikroq seza boshlaganlar.
Ushbu tadqiqot vaqtida mumtoz navolardan tashqari go’daklarga sokin musiqa sur’atidagi ohista maromda chalinuvchi metronomni ham tinglatishgan. Birinchi qarashda chaqaloqlar o’zlarini yomon tutishmagan, ya’ni tinchlanib, uhlab qolishgan. Ammo taxlil natijalari shuni ko’rsatadiki, ishlab turgan metronom ta’sirida hujayralarda fermentlar siqilishi yuz bergan. Bundan kelib chiqqan holda, sur’atli maromni aniq ifodalovchi rok-musiqa yosh bolalar uchun zararli ekani isbotlandi.
Musiqaning nafaqat qalbga, balki badanga ham foydali ta’siri bundan bir necha asr ilgari ham ma’lum edi. Noananaviy tibbiyot oqimi orasida musiqa teropiyasi ham mavjud.
Musiqa teropiyasi seanslari sog’lom, yaxshi rivojlanayotgan kichkintoylarga ham yaxshi ta’sir ko’rsatadi. Vaholanki, ularni ham ba’zida tinchlantirish yoki tetiklashtirish zarurati tug’iladi. Bunga bo’shashiruvchi yoki qo’zg’atadigan musiqalar orqali erishish mumkin.
Сообщения из Facebook