просмотров
Ayrim insonlar chivinlarning chaqishiga sabab deb "Qoni shirin" iborasini qo‘llaydilar. Ammo ushbu fenomen borasidagi tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, chivinlarning ma’lum bir odamlarga nisbatan ko‘proq yopishishi shunchaki uydirma emas, balki haqiqatan ham mavjud tushunchadir.
Libos rangi
Aniqlanishicha, hasharotlar "modaning ashaddiy ishqibozlari " bo‘lishadi va ma’lum bir rangdagi libosni ko‘rgan paytda uning yoniga o‘qday uchib borishadi. Albatta,bu hazil. Ammo chivinlar ko‘proq to‘q rangli libos kiygan insonlarning yoniga borishi rost.
Harakatlar
Faol harakatda bo‘lgan va chivinlarni qo‘llari bilan haydashga urinayotgan insonlar ularni ko‘proq jalb qilar ekanlar.
Tana harorati
Ayrim hasharotlar insonga uning tana haroratiga qarab yaqinlashishadi. Hasharotlarning ta’sirchan tana a’zolari inson tanasi haroratining kichik o‘zgarishlarini ham darrov payqaydi va issiqroq insonlarning yoniga uchib boradi. Shuning uchun ham homilador ayollar bu borada ehtiyotkor bo‘lishlari kerak, sababi ularning tana haroratlari me’yordan yuqori bo‘ladi.
Karbonad angidrid gazi
Chivinlar ma’lum a’zolari bilan 50 metrli masofadan turib kanbonad angidrid gazini ajrata oladi. Insonlar nafas chiqarish paytida aynan mana shu gaz bilan chivinlarni jalb qilishadi. Odamlar orasida tez va sekin nafas oladiganlari son mingta. Misol uchun homilador ayolning nafas chiqarishida boshqa insonlarga nisbatan 21% ko‘proq kanbonad angidrid gazi bo‘ladi. Bolalar nafasi gaz miqdori kamroq bo‘lgani bois chivinlar ularning yonlariga kamdan kam holatlarda kelishadi.
Teri sifatlari
Chivinlarning xira pashsha kabi yopishishiga 85% holatlarda teri sifatlari sabab bo‘ladi. Hamisha oq libosda yursangiz ham, sekin nafas olsangiz ham teringizdagi bezlardan sut va peshob kislotasi ko‘proq ajralib chiqsa, hasharotlar hujumiga tayyorlanavering.
Сообщения из Facebook