просмотров
Uyqusizlik sog'liq uchun ham, samaradorlik uchun ham zararli. Albatta siz buni ko'p marta eshitgansiz. Ammo qobiliyatlaringiz yomonlashayotganini his qila olasizmi? Yo'q.
2004 yilda Filadelfiyadagi Pensilvaniya universiteti tibbiyot maktabida buni tasdiqlo’vchi qiziqarli tajriba o'tkazildi. Uyquni qisqartirish tadqiqotida 48 nafar katta yoshdagi insonlar ishtirok etdi. Ularning ba'zilarining uyqusini to'rt,olti yoki sakkiz soatgacha Ikki hafta muxlatga qisqartirishdi. Boshqalar esaikki kun davomida uxlamadilar.
Bu vaqt davomida laboratoriyada har ikki soatda ishtirokchilarning holatini tekshirib turishdi (uxlash uchun ajratilgan soatlar bundan mustasno). Kognitiv funktsiyalar va reaktsiya vaqtini tekshirishdi. Ishtirokchilardan shuningdek,ular o’z ahvolini qanday baholayotganliklari, o’zlarini qanchalik uyqusizlangan his qilayotganliklarini so'raldi.
Nega olti soatlik uyqu yetarli emas
Tushunib yetganingizdek, kuniga sakkiz soat uxlagan ishtirokchilarning bilim darajasi yaxshiroq edi. Kuniga to'rt soat uxlagan odamlar kundan kunga yomonroq fikrlay boshladilar.
Olti soat uxlaganlar, tajribaning o'ninchi kunigacha aqliy qobiliyatlarini yuqori darajada saqlab turishdi. Faqat so'nggi bir necha kun ichida ushbu ishtirokchilar uyqudan mahrum bo'lgan odamlar kabi sinov vazifalarini juda yomon bajardilar.
Ma'lum bo'lishicha, kuniga atigi olti soat dam olib, ikki kun ketma-ket ko'zlarini yummagan odamlar kabi yomon ish tutasiz.
Tadqiqotning eng hayratlanarli natijalaridan biri, olti soatdan uxlagan odamlar uyqusizlikni his qilmaganliklari. Ularning hattoki natijalari qanchalik yomonlashganini ham bilishmadi.
Uyqudan mahrum bo'lgan odamlar tobora ko'proq uyqulari kelayotganini his qilishdi va bu haqida aytib o’tishdi. Sinov oxirida ular avvalgidan ikki baravar ko'proq uxlashni xohladilar. Ammo olti soatlik uyqudan keyin odamlar ozginagina uyqulari kelayotganini his qilishdi. Ularning kognitiv faoliyat ko'rsatkichlari uxlamaganlarning ko'rsatkichlaridan deyarli farq qilmasa ham.
Ushbu kashfiyot muhim savolni o’rtaga tashlaydi: agar odamlar uyqusizlik bor ekanligini hattoki anglamasalar, u bilan qanday kurashishlari zarur?
Biz aslida qancha uxlashimiznii bilmaymiz
Chikago universiteti tomonidan olib borilgan bir tadqiqot shuni ko'rsatdiki, odamlar uyqu miqdorini ko’pincha to’g’ri hisoblay olisha olmaydi. Boshqa bir tadqiqot shuni ko'rsatdiki, odamlar uyqu vaqtini o'rtacha 0,8 soatga ortiqcha baholashadi.
Shundayqilib, agar siz yetti soat uxladim deb o'ylasangiz, aslida olti soatgina damolganingiz ehtimoldan yiroq emas.
Shunday qilib, hech kim qancha uxlayotganini va qachon uyquga to’yishinii aniq aytolmaydi. Har bir inson ko'proq uxlashiga ishonadi.
Siz qancha uxlayotganingizni aniqlash, o’ylaganingizdek oson emas. Ammo bir nechta umumiy maslahatlar bor, ular sizga yaxshiroq uxlashga yordam beradi:
1.Har kuni uxlashga bir vaqtda yoting.
2.Uxlashdan yarim soat oldin gadjetlardan foydalanmang.
3.Spirtli ichimlik iste’mol qilmang.
4.Kun davomida jismoniy faollikni ko’paytiring.
Kamroq tarqalgan yana bir maslahat: yaxshiroq uxlash uchun siz ozishingiz kerak. AQSh Milliy uyqu jamg'armasi ma'lumotlariga ko'ra, uyqusizlik va semirish o'rtasida bevosita bog'liqlik mavjud.
Uyqusizlikning boshqa sabablari jismoniy va aqliy muammolardir. Hatto stress va yomon kayfiyat uyquga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Ha,uyqusizlikni aniqlash juda qiyin. Ammo siz uyquning miqdori va sifatini oshirishga harakat qilishingiz mumkin. Natijada samaradorligingizni ham oshirasiz.
Сообщения из Facebook